Vikipediya: Versiyalar orasidagi farq
→Tarixi: + Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
Sociologist (munozara | hissa) aniqroq |
||
Qator 14: | Qator 14: | ||
|adv = yoʻq |
|adv = yoʻq |
||
}} |
}} |
||
'''Vikipediya''' |
'''Vikipediya''' — bu koʻp tillik, erkin, [[internet ensiklopediya]]. U koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha [[15-yanvar]] [[2001]]-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni [[notijorat]] [[Wikimedia Foundation]] tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi.<ref>{{cite web|url= http://www.alexa.com/siteinfo/wikipedia.org |title= Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha) | publisher= Alexa Internet |accessdate= 18 Fevral, 2012 }}</ref> Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq [[maqola]] bor. Vikipediyaning eng katta [[:en:|ingliz]] tili boʻlimi [[:en:Special:Statistics|{{NUMBEROF|ARTICLES|en}}]] ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish [[Encyclopædia Britannica|''Encyclopædia Britannica'' (''Britaniya Ensiklopediyasi'')dagi]] maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh [[Wiktionary]], [[Wikibooks]], hamda [[Wikinews]] kabi loyihalarning ham paydo boʻlgan. |
||
Vikipediya "noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi..." deb tanqid qilingan. 2017-yilda [[Facebook]], ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. [[YouTube]] esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi. |
Vikipediya "noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi..." deb tanqid qilingan. 2017-yilda [[Facebook]], ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. [[YouTube]] esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi. |
2020-yil 4-fevral, 06:56 dagi koʻrinishi
Web-manzil | www.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | XX: |
Asosiy boʻlim | jami 287 boʻlim |
uz.wikipedia.org | |
Asos solingan sana | 15-yanvar, 2001 |
Asoschi | Jimmy Wales va Larry Sanger |
Maqolalar soni | 20 milliondan dan ortiq |
Egasi | Wikimedia Foundation |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Vikipediya — bu koʻp tillik, erkin, internet ensiklopediya. U koʻngillilar tomonidan ochiq hamkorlik asosida yoziladi va qoʻllab-quvvatlab turiladi. Ushbu loyiha 15-yanvar 2001-yil mutaxassislarga moʻljallangan Nupediaga to‘ldiruvchi sifatida yaratilib, hozirda uni notijorat Wikimedia Foundation tashkiloti boshqaradi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng koʻp qaraladigan maʼlumot manbasiga aylandi.[1] Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor. Vikipediyaning eng katta ingliz tili boʻlimi 6901557 ta maqolaga ega. Taqqoslash uchun, qogʻoz nashrdagi ensiklopediyalar orasida eng kattasi boʻlmish Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi)dagi maqolalar soni 130 ming atrofidadir. Bundan tashqari Vikipediyaning juda mashhur boʻlib ketishi tufayli unga yoʻldosh Wiktionary, Wikibooks, hamda Wikinews kabi loyihalarning ham paydo boʻlgan.
Vikipediya "noto‘g‘ri maʼlumotlarni ifodalaydi..." deb tanqid qilingan. 2017-yilda Facebook, ushbu ensiklopediyani kitobxonlarga soxta yangiliklarni kashf etishiga yordam beradi deb eʼlon qildi. YouTube esa shu kabi rejani 2018-yilda eʼlon qildi.
Tarixi
Wikipedia.com va wikipedia.org domenlari 2001-yil 12-yanvarda va 2001-yil 13-yanvarda ro‘yxatga olingan. Vikipediyaga 2001-yil 15-yanvarda, Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari Jimmy Wales va Larry Sanger asos solishgan. Sanger „Vikipediya“ soʻzini inglixcha „wiki“ va „encyclopedia“ soʻzlarini birlashtirib oʻylab topgan. „Wiki“ so‘zi aslida Gavayiliklarning soʻzi boʻlib, „tez“ degan maʼnoni bildiradi va koʻpchilik birgalikda yaratadigan web sahifalar shu nom bilan ataladi. Jimmy Walesning niyati Britannica sifatiga erishish yoki undan ham yuqori darajaga erishish va bosma holida tarqatish bo‘lgan edi.
Oʻzbek tilidagi Vikipediya
Oʻzbek tilidagi Vikipediyada 295 596 ta maqola bor. Foydalanuvchilar soni — 147 023, ulardan 647 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan. Jami sahifalar soni (munozara, turkum va hokazo bilan qoʻshib hisoblaganda) — 1 094 025.
Oʻzbek Vikipediyasining Oʻzbekiston hududida toʻsilishi
2011 yilning oxirida noʻmalum sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududida oʻzbek Vikipediyasi toʻsib qoʻyildi.[2] Bu oʻzbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirmoqda.
Turli tillardagi nashrlari
Vikipedia juda koʻplab tillarda har kun, soat va soniyada turli tillarda toʻldirilib borilmoqda. Ayniqsa quyidagi tillar bunga yaqqol misol boʻla oladi:
Toʻliq roʻyxat bu yerda.
Manbalar
- ↑ „Wikipedia.org Sayt haqida ma'lumot (Inglizcha)“. Alexa Internet. Qaraldi: 18 fevral, 2012.
- ↑ „Ўзбекистонда ўзбекча Wikipedia тўсиб қўйилди“. Ozodlik Radiosi (16 fevral 2012). Qaraldi: 18 fevral, 2012.
Vikimedia Jamgʻarmasi loyihalari | ||
---|---|---|
Asoschilar | Jimmy Wales • Larry Sanger | |
Boshqa | Hududlardagi Vikimedia tashkilotlari |