Kontent qismiga oʻtish

Feliks Yanov-Yanovskiy: Versiyalar orasidagi farq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Anjaniy (munozara | hissa)
Qator 66: Qator 66:
[[Turkum:Bastakorlar]]
[[Turkum:Bastakorlar]]
[[Turkum:Oʻzbekiston konservatoriyasi bitiruvchilari]]
[[Turkum:Oʻzbekiston konservatoriyasi bitiruvchilari]]
[[Turkum:O‘zbekiston musiqa o‘qituvchilari]]





2024-yil 4-sentyabr, 10:03 dagi koʻrinishi

Feliks Markovich Yanov-Yanovskiy (1934-yil 28-may, Toshkent, O‘zbekiston SSR) — o‘zbek va sovet bastakori, musiqa o‘qituvchisi, professor. O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1988-yilda).

Tarjimai hol

Feliks Markovich Yanov-Yanovskiy 1934-yil 28-mayda Toshkent shahrida dunyoga keladi. Maktabni a’lo baholarga tamomlagach, 1957-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining skripka yo‘nalishini tamomlagan. Naum Efimovich Bronfmanning shogirdi bo‘lgan. Markovich 1959-yilda – bastakorlik bo‘yicha (professor Boris Borisovich Nadejdin) qo‘l ostida ta’lim olgan.

U 18 yoshidan boshlab u drama teatri orkestrida, so‘ngra O‘zbekiston filarmoniyasi simfonik orkestri va O‘zbek radiosi torli kvartet bo‘yicha ishlay boshladi. Feliks Markovich 1965-yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida faoliyat yuritgan.

Bastakor 1961-yildan - Toshkent davlat konservatoriyasi o‘qituvchisi, 1988-yildan - professor. Feliks 10 yildan ortiq kompozisiya kafedrasini boshqargan. Markovich 1974-1980-yillarda Nazariya va kompozisiya fakulteti dekani, 1979-1986-yillarda kompozisiya va cholg‘u asboblari kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Uning shogirdlari orasida bastakor Mirsodiq Tojiyev ham bo‘lgan.

Feliks Yanovskiy 1971-yildan — O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, 1991-yildan — O‘zbekiston kinematograflar uyushmasi a’zosiga aylandi[1].

Ijodiy faoliyati

“Urashima Taro” baletida (Alisher Navoiy nomidagi Katta teatr sahnalashtirgan) oltita opera, “Rekviyem”da beshta simfoniya, “Avliyo Markadan Yevangeliyagacha”, erkaklar xori va orkestr uchun Concerto grosso, “Fabula 8” muallifi, barcha orkestr musiqa cholg‘u asboblari, xor va vokal kuylari uchun 20 dan ortiq konsertlar, o‘zbek xalq cholg‘u asboblari uchun musiqalar, estrada qo‘shiqlari, 60 ta film va 16 ta spektakllarga kuy bastalagan. 

Bastakorning asarlari Angliya, Germaniya, Fransiya, AQSH, Yaponiya, Isroil, Gollandiya, Serbiya, MDH davlatlarining konsert zallarida katta muvaffaqiyat bilan ijro etildi[2]

Tanlangan filmografiyasi

• 1970-yil - Bahor yomg‘iri

• 1971-yil - Quyosh nurlari (animasiya)

•  1972-yil - Bu ajoyib yigit

• 1973-yil - Muxlis (film almanaxi)

• 1973-yil - Muxlis

• 1973-yil – Gʻamxo‘r odam

• 1974-yil - Bu qaysar quyon (animasiya)

• 1976-yil - Uzoq yaqin yillar

• 1977-yil – Jodulangan kema (animasiya)

• 1978-yil – Ma’shuqangni izla

• 1983-yil - uchuvchi yumronqoziq (animasion)

• 1984 yil - Mayin yomg‘ir yog‘ar (animasiya)

• 1986 yil - Amirning yashirin sayohati

• 1987 yil - Hayot mazmuni

• 1987 yil — Maydon

• 1988 yil - Maxluq yoki boshqa birov

• 1989 yil - Kaipning so‘nggi sayohati

• 1994 yil - Ajdodlar hayqirig‘i: Buyuk Turon

• 1995 yil - Ajdodlar hayqirig‘i: So‘g‘diyona

Mukofotlar

• O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi mukofoti sovrindori (1986).

• Madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan hissasi uchun M&TVA faxriy mukofoti (2008).

Manbalar

3. Феликс Янов-Яновский: Мировые премьеры для ташкентских меломанов (Wayback Machine saytida 2022-05-24 sanasida arxivlangan) Podrobno.uz