Kontent qismiga oʻtish

Bermud orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2013-yil 8-mart, 00:09 dagi CoderSIBot (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)

Bermuda orollari — Atlantika okeanining shim.g‘arbidagi bir tuda (150 tacha) marjon orollar, Shim. Amerikadan 900 km sharqda. Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 53,3 km2. Aholisi 61 ming kishi (1990). Ma’muriy markazi — Gamilton sh. (Bermuda o.da). Orollardan eng kattasi — Bermuda o. so‘ngan suv osti vulkani cho‘qqisidan iborat (bal. 79 m gacha). Iqlimi tropik sernam iqlim. Yog‘in 1350 mm chamasida. Eng salqin oy (mart)ning o‘rtacha t-rasi 16,7°, eng issiq oy (avg .)ning t-rasi 26,7°. Dam olish zonasi. Turizm rivojlangan. Banan, sitrus o‘simliklari, erta pishar sabzavotlar va gullar (eksport uchun) yetishtiriladi. Ispan dengizchi sayyohi X. Bermudes tomonidan 1522 y.da kashf etilgan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil