Ammonitlar (molyuskalar turkumi)
Ammonitlar (Ammonoidea) - bosh-oyoqli mollyuskalar turkumi. Devon davrida paydo bo‘lib, trias hamda yura davrlarida keng tarqalgan. Bo‘r davri-ning oxirida qirilib ketgan. A. tanasi diametri 1 m gacha bo‘lgan yassi spiral ko‘p kame-rali chig‘anoq ichiga joylash-gan. Chig‘anog‘ining birinchi kamerasida hayvon tanasi joylashgan, boshqa kame-ralari havo bilan to‘lgan bo‘lib, yumshoq o‘simta — ingichka naycha orqali tutash-gan. Halok bo‘lgan A.ning chig‘anog‘i vaqt o‘tishi bilan cho‘kindi jinslar bilan to‘lib, toshga aylangan. Uning toshga aylangan shakli hozirgacha saqlanib qolgan. A., asosan, dengizda yashagan, shuning uchun ular qoldiqlari topilgan joy dengiz bo‘lganidan darak beradi. Jumladan, O‘zbekistonning jan. qismida o‘rta va yuqori yura davrida katta dengiz havzasi bo‘lgan. A.ni o‘rganish geol.da katta ahamiyatga ega. A.ning tarqalishiga qarab yerning ustki qobig‘i yaruslarga bo‘linadi va qatlamlarning yoshi aniqlanadi. Mas, Jan. O‘zbekiston va Turkmanistonning geologik yoshi A. yorda-mida aniqlangan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |