Maqsad
Qiyofa
Maqsad (falsafada) — inson amaliy faoliyatining avvaldan fikran oʻylangan natijasi. Maqsad insonlarga xos boʻlib, uni kelajakning loyihasi, deb taʼriflash mumkin. Ehtiyoj, manfaat, motiv individ yoki ijtimoiy guruh xulq-atvori, faoliyatining muhim tarkibiy qismlari boʻlsa, M. faoliyat yoʻnalishini belgilovchi ele-mentdir. M.ning shakllanishiga subʼyektning ehtiyoj va manfaatlari kuchli taʼsir oʻtkazadi. M.ning real va noreal, qisqa muddatli va uzoq muddatga moʻljallangan, asosiy va ikkinchi darajali va boshqa turlari bor. Real M.lar subʼyektning imkoniyatlari, atrof muhitning holati va obʼyektiv qonuniyatlarni hisobga olsa, noreal M.lar faqatgina subʼyektning orzu-istaklarini ifodalaydi, atrofdagi vaziyatni hisobga olmaydi.[1]
Manbalar
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |