Afrigʻiylar
Afrigʻiylar – Xorazmda 4-10-asrlarda hukmronlik qilgan xorazmshohlar sulolasi. Asoschisi – Afrigʻ. 995-yil Afrigʻiylarning soʻnggi vakili Abu Abdulloh Muhammad raqibi Urganch amiri Maʼmun ibn Muhammad tomonidan asir olinib oʻldirilgan. Xorazm Urganch hokimiyati ostiga birlashgan. Maʼmun qadimgi xorazmshoh unvonini qabul qilgan.Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Xorazmning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy surati tushirilgan. Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukmdorlar “Xorazmshoh’ unvoniga sazovor bo‘lishgan. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab “siyovushlar sulolasi” tomonidan qabul qilingan. III asrda Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan. Tuproqqal’adan qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor yoki Anqaqal’a yaqinidan esa qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanganing topilishi, shubhasiz, hukmronlik ramzidan dalolat beradi. Xorazmda sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, chor- vachilik va savdo-sotiq, ilm-fan, san’at, xususan, haykaltaroshlik yuqori darajada rivoj topgan. Xorazm xioniylar, kidariylar, eftallar hamda Turk xoqonligi davrida ham o‘zining siyosiy mustaqilligini saqlab qoladi. Xorazm Vizantiya va turklar bilan diplomatik aloqalar olib borgan.
Afrig’dan keyingi Xorazmshohlardan 22 tasini nomi ma’lum: Ofring, Bug’ra (Bag’za), Shoxassax, Askajamux, Saxr, Sabriy, Askajavar, Saxxasak, Shovushafar, Turkash ota, Abdulloh, Mansur, Iroq, Muhammad, Ahmad, Abu Abdulloh Muhammad. Beruniyning ta’kidlashicha, xorazmliklar tarix olishda eronliklarga ergashib, Kayxusravning (Xorazm) shohlari deb ataluvchi naslidan bo’lgan bir podshoh davrining boshlanishidan tarix oldilar. Nihoyat, Kayxusrav naslidan Afrig’ podsholigi boshlandi. Xorazmliklar Afrig’ va uning avlodi podshohlaridan tarix oldilar.
Afrig’iylar sulolasi vakillari (Milodiy 305-995 y.)
1. Afrig’
2. Bag’ra
3. Saxxasan
4. Azhajamuq
5. Azkajavar I
6. Saxr I
7. Tovush
8. Xamgari
9. Bo’zgar
10. Arsamux
11. Saxr II
12. Sabri
13. Azkajavar II
14. Azhajamuq II
15. Shovshafar
16. Turksabosa
17. Abdulloh
18. Mansur ibn Abdulloh
19. Iroq ibn Mansur
20. Muhammad
21. Ahmad ibn Iroq
22. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |