Ammonitlar (molyuskalar turkumi)
Ammonitlar (Ammonoidea) — bosh-oyoqli mollyuskalar turkumi. Devon davrida paydo boʻlib, trias hamda yura davrlarida keng tarqalgan. Boʻr davrining oxirida qirilib ketgan. A. tanasi diametri 1 m gacha boʻlgan yassi spiral koʻp kame-rali chigʻanoq ichiga joylash-gan. Chigʻanogʻining birinchi kamerasida hayvon tanasi joylashgan, boshqa kame-ralari havo bilan toʻlgan boʻlib, yumshoq oʻsimta — ingichka naycha orqali tutash-gan. Halok boʻlgan A.ning chigʻanogʻi vaqt oʻtishi bilan choʻkindi jinslar bilan toʻlib, toshga aylangan. Uning toshga aylangan shakli hozirgacha saqlanib qolgan. A., asosan, dengizda yashagan, shuning uchun ular qoldiqlari topilgan joy dengiz boʻlganidan darak beradi. Jumladan, Oʻzbekistonning janubiy qismida oʻrta va yuqori yura davrida katta dengiz havzasi boʻlgan. A.ni oʻrganish geol.da katta ahamiyatga ega. A.ning tarqalishiga qarab yerning ustki qobigʻi yaruslarga boʻlinadi va qatlamlarning yoshi aniqlanadi. Mas, Janubiy Oʻzbekiston va Turkmanistonning geologik yoshi A. yorda-mida aniqlangan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |