Bermud orollari
Appearance
Bermud oroli — Atlantika okeanining shim.gʻarbidagi bir tuda (150 tacha) marjon orollar, Shim. Amerikadan 900 km sharqda. Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 53,3 km². Aholisi 61 ming kishi (1990). Maʼmuriy markazi — Gamilton shahri (Bermuda orolda). Orollardan eng kattasi — Bermuda orol soʻngan suv osti vulkani choʻqqisidan iborat (balandligi 79 m gacha). Iqlimi tropik sernam iqlim. Yogʻin 1350 mm chamasida. Eng salqin oy (mart)ning oʻrtacha temperaturasi 16,7°, eng issiq oy (avg.)ning temperaturasi 26,7°. Dam olish zonasi. Turizm rivojlangan. Banan, sitrus oʻsimliklari, erta pishar sabzavotlar va gullar (eksport uchun) yetishtiriladi. Ispan dengizchi sayyohi X. Bermudes tomonidan 1522-yilda kashf etilgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |