GPCR retseptorlar
GPCR (G protein-coupled receptors) retseptorlar - G oqsilga bogʻlanuvchi retseptorlar hisoblanib, shuningdek, yetti transmembranal retseptorlar, 7TM retseptorlar, yetti halqali retseptorlar yoki ilonsimon retseptorlar deb nomlanadi.[1] GPCR retseptorlar uch qismdan tashkil topadi. 1-hujayra tashqarisidagi (extracellular) "ligand bogʻlovchi" qism 2-membranada joylashgan (transmembranal) qism 3-hujayra ichidagi (intracellular) G-oqsil bilan bogʻlanuvchi qism. GPCR retseptorlarining yetti transmembranal retseptorlar deyilishiga sabab, hujayra membranasini yetti marotaba kesib oʻtishi.[1] Ligand extracellular qismga (masalan, glutamat retseptorlari) yoki transmembranal halqalarga (masalan, rodopsinsimon oila). GPCR retseptorlarining katta qismi agonistlar tomonidan faollashadi, ammo, oʻz-oʻzidan avtomatik aktivlanadiganlari ham mavjud.[1]
G-oqsilga bogʻlangan retseptorlar faqat eukariotlarda uchraydi.[2] Ushbu retseptorlar bilan bogʻlanib, ularni faollashtiruvchi ligandlarga hidlar, feromonlar, gormonlar, neyrotransmitterlar, peptid hamda oqsillar misol boʻla oladi. Koʻplab kasalliklarning kelib chiqishi GPCR retseptorlari bilan bogʻliq.
Maʼlumot oʻtqazish yoʻllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GPCR retseptorlari maʼlumot oʻtqazish yoʻliga koʻra ikki katta guruhga boʻlinadi:
- sAMF maʼlumot oʻtkazish yoʻli
- Fosfatidilinozitol maʼlumot oʻtqazish yoʻli[3]
G oqsil
[tahrir | manbasini tahrirlash]G oqsil shuningdek, guanin nukleotid bogʻlovchi oqsil deb nomlanadi. G oqsil hujayra ichida joylashib, ligandlar taʼsirida aktivlangan retseptorlardan axborotni ichki qismlarga oʻtkazish vazifasini bajaradi. G oqsil uch subbirlik: alfa, betta, gammadan tashkil topgan boʻlib, inaktiv holatda alfa subbirlik oʻzida GDF (guanozin difosfat) saqlaydi. GPCR retseptorlar G oqsilni aktiv holatga oʻtkazganda alfa subbirlik GTF (guanozin trifosfat) saqlaydi. G oqsillar oʻzida GTFaza saqlaydi. GTFaza aktivlangan G oqsil tarkibidagi GTF ni gidrolizlab GDF ga parchalashi sabab oqsil yana inaktiv holga oʻtadi.[4]
G oqsil turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]G oqsillarning ikki sinfi mavjud boʻlib, birinchi sinf kichik monomerik GTFazalar (kichik G oqsillar). Ikkinchi sinf esa geterotrimerik G oqsillar. Ikkinchi sinf vakillari oʻzida alfa, betta, gamma subbirliklarni saqlaydi. Bu oqsillarda betta va gamma subbirliklar oʻzaro birikkan (ajralmas) boʻlib, betta-gamma dimer kompleks hosil qiladi.[5]
Geterotrimerik G oqsillar hujayra membranasida joylashgan G oqsil bilan bogʻlanuvchi (GPCR) retseptorlar orqali faollashadi.[6] G oqsil keyingi ikki maʼlumot oʻtkazish yoʻlidan biri (sAMF maʼlumot oʻtkazish yoʻli yoki fosfatidilinozitol maʼlumot oʻtqazish yoʻli) orqali "signal zanjir"ini davom ettiradi.[7]
G oqsili tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]G oqsillar Alfred Gilman va Martin Rodbell tomonidan adrenalinning hujayralarga taʼsirini oʻrganish davomida aniqlangan. Tadqiqotlarda adrenalin aktivlagan retseptorlar hujayra ichi fermentlarini bevosita taʼsirlamasdan, G oqsillarni aktivlashi, G oqsillar esa hujayra ichi fermentlarini aktivlashi aniqlandi. Ushbu kashfiyot uchun olimlar 1994-yilda tibbiyot yoʻnalishida Nobel mukofotini oladi.[8] Ushbu oqsillarga bogʻliq ravishda oʻndan ortiq Nobel mukofotlari olingan. [1] 2012-yilda kimyo yoʻnalishida Brian Kobilka va Robert Lefkowitz GPCR funksiyasini oʻrganishga bagʻishlangan ishi uchun Nobel mukofotini olgan.[9]
Retseptor ishlash mexanizmi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ligand GPCR retseptori bilan bogʻlanganda retseptor oʻzining konformatsiyasini oʻzgartiradi. Konformatsiyasi oʻzgargan retseptor G oqsil bilan bogʻlanadi va uni aktivlaydi. (alfa subbirlik tarkibidagi GDF GTF bilan almashinadi). G oqsilning alfa subbirligi hujayra ichi signal mexanizmlarini amalga oshirish maqsadida betta-gamma kompleksidan ajralib chiqadi. GTF ning qayta GDF ga oʻtishi G oqsilning GTFazasi orqali amalga oshiriladi va bunda oqsil aktiv holdan inaktiv holga oʻtadi. Aktivlangan G oqsil turli fermentlarni aktivlab fiziologik harakatni keltirib chiqaradi. Bu fermentlar adenilat siklaza, fosfolipaza C va boshqalar boʻlishi mumkin. Mos ravishda bu fermentlar sAMF yoki IP3 orqali ikkinchi messenjerni hosil qiladi. Ikkinchi messenjerning vazifasi hujayraga berilgan xabarni kuchaytirish va fiziologik harakatni amalga oshishini taʼminlash hisoblanadi. Baʼzi hollarda, masalan baʼzi muskarin retseptorlari ikkinchi messenjersiz toʻgʻridan toʻgʻri ion kanallari ishini oʻzgartiradi.Alfa subbirlik oʻz navbatida bir qancha turlarga boʻlinadi (Gαs, Gαi/o, Gαq/11, Gα12/13).[10] GPCR retseptorlar juda keng miqdorda tarqalib butun dori vositalarining 34%i aynan shu oilaning 108 aʼzosiga taʼsir qilishi aniqlangan.[11] Ushbu dorilarning global savdo hajmi 2018-yilda 180 milliard dollarni tashkil etdi.[12] Qayta hisob kitoblarga koʻra hozirgi vaqtdagi dori vositalarining qariyb 50%i ushbu retseptorlarni "nishonga oladi".[13] Ushbu retseptorlar ruhiy, endokrinologik, immunologik, virusli infeksiyalar, yurak qon-tomir, yalligʻlanish, allergik va oʻsma kasalliklari kelib chiqish mexanizmlarida qatnashadi.[14]
GPCR tarixi va ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilda G oqsilga bogʻlanuvchi retseptorlar va G oqsil oʻrtasidagi birinchi kompleksning tuzilishi aniqlandi. Bundan oldingi yutuqlar 2000-yilda birinchi GPCR ning kristal tuzilishi, rodopsin aniqlanishi hamda 2007-yilda kristal GPCR bilan diffuz ligand (β2AR) aloqalari oʻrganilishi hisoblanadi. 2012-yildagi kimyo yoʻnalishidagi Nobel mukofoti B.Kobilka va R.Lefkovitsga G oqsil bilan bogʻlangan retseptorlar qanday ishlashini tushuntirganlari uchun berildi.[15]
Klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]GPCR superoilasining oʻlchami nomaʼlum, ammo 831 xil inson genlari (genomning ~4%i) ketma-ketligi kodlashi taxmin qilingan.[16] Superoila uchta asosiy sinflarga (A, B va C) boʻlinadi. Eng katta sinf A sinfi boʻlib, bu GPCR genlarining deyarli 85% ni tashkil qiladi. A sinfning yarmidan koʻpi hid bilish retseptorlarini kodlashi taxmin qilinadi. Juda katta rodopsin A guruhi yana 19ta kichik guruhlarga boʻlinadi.[17]
Klassik A-F tizimga koʻra GPCR larni 6ta sinfga guruhlash mumkin:[18][19][20][21]
- A sinf (1) (rodopsinga oʻxshash)
- B sinf (2) (sekretin retseptor oilasi)
- C sinf (3) (metobotrop glutamat/feromon)
- D sinf (4) (zamburugʻli feromon retseptorlari)
- E sinf (5) (siklik AMF retseptorlari)
- F sinf (6) (silliq mushaklardagi)
Yaqinda umurtqali hayvonlarning GPCR retseptorlari uchun GRAFS (Glutamat, Rodopsin, Adhesion, Frizzled/Taste2, Secretin) deb nomlangan tasniflash tizimi taklif qilindi.[22]
Fiziologik ahamiyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]GPCR retseptorlari turli fiziologik jarayonlarda qatnashadi. Baʼzi misollar:
- Koʻrish sezgisi: opsinlar hujayra signallarini elektromagnit nurlanishga aylantirish uchun fotoizomerizatsiya reaksiyasidan foydalanadi.
- Taʼm sezgisi: GPCR retseptorlar achchiq, nordon, shirin taʼmli moddalarga javoban gustducin ishlab chiqaradi.
- Hid sezgisi: burun epiteliysi retseptorlari odorantlarni (hid bilish retseptorlari) va feromonlarni bogʻlaydi.
- Xulq atvor va kayfiyatni tartibga solish: bosh miya retseptorlari serotonin, dofamin, gistamin, GAMK (gamma amino moy kislota) va glutamat kabi turli neyrotransmitterlarni bogʻlaydi.
- Gomeostazni boshqarishda (suv balansi)[23]
- GPCR retseptorlari immunitet modulatsiyasida ham qatnashadi.[24]
- Baʼzi oʻsmalarning oʻsishi va metastazida ishtirok etadi.[25]
- Avtonom nerv tizimi tarkibiga kiradi (simpatik va parasimpatik nerv tizimi retseptorlari)
- Endokrin tizimida peptid va garmonlarning retseptorlari.
Avtonom nerv tizimi retseptorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuqoridagi funksiyalar ichida eng muhimi hisoblanadi.
Adrenoretseptorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adrenoretseptorlar SNS (simpatik nerv sistemasi) nishon aʼzolaridan topilgan boʻlib, katexolaminlar (NE va E) vositasida aktivlanadi. NE (norepinefrin) SNS postganglionar nerv tolasi oxiridan ajraladi. E (epinefrin) esa buyrak usti bezidan ajraladi va qon orqali nishon aʼzoga yetib boradi. Adrenoretseptorlar ikki katta: α va β turlarga boʻlinadi. α tur oʻz navbatida α1, α2 turlarga,[26] β turi β1, β2, β3 turlarga boʻlinadi.[26] Bu retseptor turlarining har biri alohida oʻzining mexanizmi va fiziologik taʼsiri bilan farqlanadi.
Alfa adrenoretseptorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]a1 retseptorlar
Bu retseptrolar teri, skelet mushagining qon tomir silliq mushaklarida, GIT (gastro intestinal tizim)[27] va qovuq sfinkterlarida, shuningdek, qorachiq (kamalak parda) radial mushaklarida joylashgan. α1 retseptorlarining aktivlanishi ushbu toʻqimalarning qisqarishiga olib keladi. Bu retseptorlarga tegishli G oqsil Gq turida boʻlib, taʼsir mexanizmi ham aynan Gq yoʻlidan boradi.[28]
- Ligand retseptorga kelib birikkandan keyin retseptorning konformatsiyasi oʻzgarib G oqsil bilan birikadi va uni stimullaydi.
- Natijada alfa subbirlik ham konformatsiyasini oʻzgartiradi va GDF oʻrniga GTF birikadi.
- Alfa subbirlik betta-gamma kompleksdan ajraladi va membranada joylashgan fosfolipaza C ni aktivlaydi. Ichki GTFaza miqdorining oshishi GTFni GDF ga aylantiradi, bu esa alfa bubbirlikning inaktiv holatga qaytishiga olib keladi.
- Ammo, bungacha fosfolipaza C aktivlanib ulgurdi. Fosfolipaza C membranada joylashgan fosfatidilinozitol 4,5-difosfat (PIP2) ni inozitol trifosfat (IP3) va diatsilglitserolga (DAG) parchalaydi.
- IP3, ER yoki SR dagi hujayra ichi Ca zaxirasidan Ca+2 ning sitoplazmaga chiqishini taʼminlaydi.
- Ca+2 va DAG birgalikda protein kinaza-C (PKC) ni aktivlaydi, bu oqsil boshqa oqsillarni fosforillash orqali soʻngi fiziologik harakatni sodir qiladi. (m: silliq mushak qisqarishi)
α2 retseptorlar
α2 retseptorlar ingibirlovchilar boʻlib, presinaptik hamda postsinaptik membranalarda joylashadi. Bu retseptorlar α1 retseptorlarga qaraganda kamroq tarqalgan. Ular adrenergik hamda xolinergik nerv tizimi presinaptik membrana va GIT da topilgan. α2 retseptorlar ikki shaklda: autoretseptor hamda geteroretseptor shaklida uchraydi. α2 retseptorlarning simpatik postganglionar nerv terminalida uchraydiganlari autoretseptor deyiladi. Bu retseptorlar NE vositasida aktivlanadi hamda presinaptik terminaldan NE ajralishi ingibitsiya qiladi. Bu teskari aloqa orqali SNS yuqori halokatli taʼsiridan saqlaydi. Qizigʻi shundaki, buyrak usti bezida α2 retseptorlar mavjud emas, shu sabab bu yerda sintezlangan garmonlar ortga qaytmaydi. Buyrak usti bezi uzoq davom etuvchi stresslar vaqtida katexolaminlardan xalos boʻladi. α2 retseptorlar GIT dagi PNS ning postganglionar nerv terminallarida joylashgan boʻlsa, bu retseptorlar geteroretseptorlar deyiladi. Bu parasimpatik postganglionar tolalar (PPT) NE ajratuvchi simpatik postganglionar tolalar (SPT) bilan sinaps hosil qiladi. SPT dan ajraluvchi NE bilan aktivlangan α2 retseptorlar PPT dan AX (atsetilxolin) ajralishini ingibirlaydi. Bu taʼsir orqali SNS bilvosita GIT faoliyatini ingibitsiya qiladi. Bu retseptorlar Gi (inhibition) turida boʻlib, adenilat siklazani ingibirlash orqali taʼsir koʻrsatadi.[29]
- Dastlab ligand (m: NE) kelib birikishi hisobiga retseptor G oqsil bilan birikadi. G oqsil tarkibidagi GDF GTFga almashinadi. Aktivlangan G oqsil tarkibidan ingibitsiya turidagi alfa subbirlik ajralib chiqadi va adenilat siklazani ingibirlaydi.
- Adenilat siklaza ingibirlangandan soʻng sAMF miqdori kamayadi va fiziologik javob kelib chiqadi.
Betta adrenoretseptorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]β1 retseptorlar
β1 retseptorlar yurakda joylashadi. Ular SA va AV tugunlarda, shuningdek, qorincha mushaklarida joylashadi.[30] Ushbu retseptorlar faollashganda SA tugunda yurak chastotasi ortadi, AV tugunda oʻtkazuvchanlik tezligi ortadi hamda yurak kardiomiotsitlarining qisqaruvchanlik kuchi oshadi. β1 retseptorlar shuningdek soʻlak bezlarida, yogʻ toʻqimasida hamda buyrakda (renin sintezi) mavjud. β1 retseptorlar Gs (stimulation) turida boʻlib, taʼsir mexanizmi adenilat siklazani aktivlashga asoslangan.[31]
- Ligandning retseptorga kelib birikishi Gs oqsilini aktivlaydi. Aktivlangan (GTF biriktirgan) Gs oqsil alfa subbirlik hamda betta gamma kompleksga ajraladi. Alfa subbirlik membranada joylashgan adenilat siklazani aktivlaydi.
- Bu vaziyat bilan bir vaqtda GTFaza aktivligi ortadi va alfa subbirlikdagi GTFni GDFga parchalab oqsilning qayta yigʻilishiga sababchi boʻladi.
- Ammo, bu jarayongacha bizning adenilat siklazamiz aktivlanib ulguradi. Aktivlangan adenilat siklaza ATF dan sAMF hosil boʻlishini stimullaydi.
- Hujayrada sAMF miqdorining ortishi kuzatiladi, sAMF ikkinchi messenjer hisoblanadi. Shundan soʻng, sAMF protein kinaza-A (PKA) ni aktivlaydi.
- Aktivlangan PKA bir qancha moddalarni aktivlaydi va oxirgi fiziologik javobni keltirib chiqaradi. (yurakda qisqarish tezligi va kuchi oshsa, soʻlak bezlari hamda buyrakda sekretsiya oshadi).
β2 retseptorlar
Bu retseptorlar skelet mushaklari qon tomirlarining silliq mushaklaridan, GIT va qovuq devoridan hamda bronxiolalardan topilgan. β2 retseptorlar ham Gs turida boʻlib, taʼsir mexanizmi adenilat siklazani aktivlash bilan boradi. Oxirgi fiziologik javob tariqasida yuqoridagi nishon aʼzolarni boʻshashtiradi yoki kengaytiradi. (β1 retseptorlar asosan koʻndalang targʻil mushaklarda, β2 retseptorlar silliq mushaklarda joylashganligi sabab ikkinchi messenjerdan soʻng mexanizmlar ayro yoʻldan boradi. Shuning uchun ham, β1 taʼsirlanganda qisqarish, β2 taʼsirlanganda boʻshashish jarayonlari amalga oshadi).[32]
Adrenoretseptorlarning norepinefrin va epinefringa javoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alfa va betta adrenoretseptorlarning katexolaminlarga nisbatan javoblarida sezilarli farqlar mavjud. Ushbu farqlar NE postganglionar nerv oxirlaridan, E buyrak usti bezidan ajralishini eslagan holda quyidagicha izohlanadi. NE va E α1 retseptorlarga deyarli bir xil taʼsir kuchiga ega. (E biroz kuchliroq). Ammo, betta retseptorlar bilan solishtirganda, alfa retseptorlarning katexolaminlarga nisbatan sezgirligi past. Katexolaminlarning past konsentratsiyasi dastlab betta retseptorlarga taʼsir qilsa, konsentratsiyaning oshishida alfa retseptorlarga taʼsir qiladi. (bu jumla past konsentratsiyada alfaga taʼsir qilmaydi degani emas).[33] Simpatik postganglionar neyronlardan NE ajralganda fiziologik jihatdan bunday konsentratsiyaga mahalliy darajada erishiladi. Ammo, buyrak usti bezidan ajralganda emas. Masalan, buyrak usti bezidan ajralgan epinefrin (va norepinefrin) α1 retseptorlarining "ur yoki sur" javobi uchun yetarli emas. NE va E β1 retseptorlari uchun teng kuchga ega. Yuqorida aytilganidek katexolaminlarning kichik konsentratsiyasi α1 retseptorlardan koʻra β1 retseptorlarni aktivlaydi. Shunday qilib, simpatik postganglionar tolalardan ajralgan NE yoki buyrak usti bezidan ajralga E β1 retseptorlarni aktivlaydi. β2 retseptorlar E bilan aktivlanadi, simpatik postganlionar neyronlardan ajralgan NE bilan aktivlanmaydi.
Xolinoretseptorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xolinoretseptorlarnin 2 turi maʼlum boʻlib, ular nikotinik (nikotinga sezuvchan) hamda muskarinikdir (muskaringa sezuvchan). Nikotinik retseptorlar motor birlik (motor plastinka), autonomik gangliylar hamda buyrak usti bezi xromoffin hujayralaridan topilgan. Muskarinik retseptorlar parasimpatik innervatsiyaning effektor organlarida hamda simpatik innervatsiyaning bir nechta effektor organlarida uchraydi. Nikotinik retseptorlar ionotrop retseptorlar hisoblanadi. Muskarinik retseptorlar esa G oqsil bilan bogʻlanuvchi retseptorlar.
Muskarin retseptorlari
Ushbu retseptorlar parasimpatik nerv tizimining barcha effektor organlarida joylashadi. (m: yurak, GIT, bronxlar, qovuq). Shuningdek, simpatik nerv sistemasining baʼzi effektor organlarida, xususan, ter bezlarida uchraydi. Baʼzi muskarin retseptorlarining (M1, M3 VA M5)[34] taʼsir mexanizmi α1 adrenoretseptorlar bilan bir xil. (yaʼni Gq tipida) Bunga sabab, agonistni (AX) biriktirgan retseptor G-oqsil bilan bogʻlanadi. G-oqsilning alfa subbirligi fosfolipaza-C ni aktivlashi hisobidan IP3 va DAG hosil boʻladi. Hosil boʻlgan IP3 zahiradan Ca ajralishiga olib kelsa, Ca va DAG – PKC ni aktivlaydi. PKC oʻz navbatida fiziologik javobni hosil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. M4 retseptorlar esa Gi turida boʻlib, adenilat siklazani ingibirlaydi va sAMF miqdorini kamaytiradi. M2 muskarin retseptorlari fiziologik taʼsirni bevosita G-oqsillar harakati bilan amalga oshiradi. Bunda hech qanday ikkilamchi messenjer ishtirok etmaydi. Masalan, SA tugunda joylashgan muskarin retseptorlari AX bilan faollashganda, Gi oqsilining aktivlanadi va alfa subbirlikning ajralib K+ kanallariga bogʻlanishi va ularni ochishi kuzatiladi. Buning oqibatida SA tugunning depolyarizatsiya tezligi pasayadi hamda yurak qisqarish tezligining pasayishiga olib keladi. M1 – ekzokrin bezlarda, MNS. M2 – asosan yurakda. M3 – asosan silliq mushaklarda. M3 retseptorlari silliq mushaklarda joylashsada bir xil taʼsir namoyon qilmaydi. Baʼzi holatlarda Gq turida ishlab mushaklarni qisqarishiga sababchi boʻlsa, baʼzi hollarda Ca ga bogʻliq NO sintazani oshiradi va kengaytirish bilan javob beradi. M: endotelial hujayralar. NO ning yarim umri atigi bir necha soniya boʻlishiga qaramay guanil siklazani faollashga ulguradi. Natijada guanil siklaza GTF ni sGMFga aylantiradi. Ikkinchi messenjer sifatida sGMF protein kinaza-G ni stimullaydi. PKG oʻz navbatida Ca konsentratsiyasini kamaytirishga va vazodilatatsiyaga olib keladi.[35]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Cherezov V, Rosenbaum DM, Hanson MA, Rasmussen SG, Thian FS, Kobilka TS, et al. (November 2007). "High-resolution crystal structure of an engineered human beta2-adrenergic G protein-coupled receptor". Science. 318 (5854): 1258–65. Bibcode:2007Sci...318.1258C. doi:10.1126/science.1150577. PMC 2583103. PMID 17962520
- ↑ King N, Hittinger CT, Carroll SB (July 2003). "Evolution of key cell signaling and adhesion protein families predates animal origins". Science. 301 (5631): 361–3. Bibcode:2003Sci...301..361K. doi:10.1126/science.1083853. PMID 12869759. S2CID 9708224
- ↑ Gilman AG (1987). "G proteins: transducers of receptor-generated signals". Annual Review of Biochemistry. 56 (1): 615–49. doi:10.1146/annurev.bi.56.070187.003151. PMID 3113327
- ↑ Hurowitz EH, Melnyk JM, Chen YJ, Kouros-Mehr H, Simon MI, Shizuya H (April 2000). "Genomic characterization of the human heterotrimeric G protein alpha, beta, and gamma subunit genes". DNA Research. 7 (2): 111–20. doi:10.1093/dnares/7.2.111. PMID 10819326
- ↑ Clapham DE, Neer EJ (1997). "G protein beta gamma subunits". Annual Review of Pharmacology and Toxicology. 37: 167–203. doi:10.1146/annurev.pharmtox.37.1.167. PMID 9131251
- ↑ "Seven Transmembrane Receptors: Robert Lefkowitz". 9 September 2012. Retrieved 11 July 2016.
- ↑ Qin K, Dong C, Wu G, Lambert NA (August 2011). "Inactive-state preassembly of G(q)-coupled receptors and G(q) heterotrimers". Nature Chemical Biology. 7 (10): 740–7. doi:10.1038/nchembio.642. PMC 3177959. PMID 21873996
- ↑ The Nobel Assembly at the Karolinska Institute decided to award the Nobel Prize in Physiology or Medicine for 1994 jointly to Alfred G. Gilman and Martin Rodbell for their discovery of "G-proteins and the role of these proteins in signal transduction in cells". 10 October 1994
- ↑ Royal Swedish Academy of Sciences (10 October 2012). "The Nobel Prize in Chemistry 2012 Robert J. Lefkowitz, Brian K. Kobilka". Retrieved 10 October 2012.
- ↑ Wettschureck N, Offermanns S (October 2005). "Mammalian G proteins and their cell type specific functions". Physiological Reviews. 85 (4): 1159–204. doi:10.1152/physrev.00003.2005. PMID 16183910
- ↑ Hauser AS, Chavali S, Masuho I, Jahn LJ, Martemyanov KA, Gloriam DE, Babu MM (January 2018). "Pharmacogenomics of GPCR Drug Targets". Cell. 172 (1–2): 41–54.e19. doi:10.1016/j.cell.2017.11.033. PMC 5766829. PMID 29249361
- ↑ Hauser AS, Chavali S, Masuho I, Jahn LJ, Martemyanov KA, Gloriam DE, Babu MM (January 2018). "Pharmacogenomics of GPCR Drug Targets". Cell. 172 (1–2): 41–54.e19. doi:10.1016/j.cell.2017.11.033. PMC 5766829. PMID 29249361
- ↑ Trzaskowski B, Latek D, Yuan S, Ghoshdastider U, Debinski A, Filipek S (2012). "Action of molecular switches in GPCRs--theoretical and experimental studies". Current Medicinal Chemistry. 19 (8): 1090–109. doi:10.2174/092986712799320556. PMC 3343417. PMID 22300046
- ↑ Trzaskowski B, Latek D, Yuan S, Ghoshdastider U, Debinski A, Filipek S (2012). "Action of molecular switches in GPCRs--theoretical and experimental studies". Current Medicinal Chemistry. 19
- ↑ oyal Swedish Academy of Sciences (10 October 2012). "The Nobel Prize in Chemistry 2012 Robert J. Lefkowitz, Brian K. Kobilka". Retrieved 10 October 2012.
- ↑ Bjarnadóttir TK, Gloriam DE, Hellstrand SH, Kristiansson H, Fredriksson R, Schiöth HB (September 2006). "Comprehensive repertoire and phylogenetic analysis of the G protein-coupled receptors in human and mouse". Genomics. 88 (3): 263–73. doi:10.1016/j.ygeno.2006.04.001. PMID 16753280
- ↑ oost P, Methner A (October 2002). "Phylogenetic analysis of 277 human G-protein-coupled receptors as a tool for the prediction of orphan receptor ligands". Genome Biology. 3 (11): RESEARCH0063. doi:10.1186/gb-2002-3-11-research0063. PMC 133447. PMID 12429062
- ↑ Attwood TK, Findlay JB (February 1994). "Fingerprinting G-protein-coupled receptors". Protein Engineering. 7 (2): 195–203. doi:10.1093/protein/7.2.195. PMID 8170923
- ↑ Kolakowski LF (1994). "GCRDb: a G-protein-coupled receptor database". Receptors & Channels. 2 (1): 1–7. PMID 8081729
- ↑ Foord SM, Bonner TI, Neubig RR, Rosser EM, Pin JP, Davenport AP, et al. (June 2005). "International Union of Pharmacology. XLVI. G protein-coupled receptor list". Pharmacological Reviews. 57 (2): 279–88. doi:10.1124/pr.57.2.5. PMID 15914470. S2CID 34541683
- ↑ "InterPro". Archived from the original on 21 February 2008. Retrieved 10 December 2007
- ↑ Bjarnadóttir TK, Gloriam DE, Hellstrand SH, Kristiansson H, Fredriksson R, Schiöth HB (September 2006). "Comprehensive repertoire and phylogenetic analysis of the G protein-coupled receptors in human and mouse". Genomics. 88 (3): 263–73. doi:10.1016/j.ygeno.2006.04.001. PMID 16753280
- ↑ Hazell GG, Hindmarch CC, Pope GR, Roper JA, Lightman SL, Murphy D, et al. (January 2012). "G protein-coupled receptors in the hypothalamic paraventricular and supraoptic nuclei--serpentine gateways to neuroendocrine homeostasis". Frontiers in Neuroendocrinology.
- ↑ Saroz Y, Kho DT, Glass M, Graham ES, Grimsey NL (December 2019). "Cannabinoid Receptor 2 (CB2) Signals via G-alpha-s and Induces IL-6 and IL-10 Cytokine Secretion in Human Primary Leukocytes". ACS Pharmacology & Translational Science.
- ↑ Dorsam RT, Gutkind JS (February 2007). "G-protein-coupled receptors and cancer". Nature Reviews. Cancer. 7
- ↑ 26,0 26,1 Perez, Dianne M. (2006). The adrenergic receptors in the 21st century. Totowa, New Jersey: Humana Press. pp. 54, 129–134.
- ↑ Sagrada A, Fargeas MJ, Bueno L (1987). "Involvement of alpha-1 and alpha-2 adrenoceptors in the postlaparotomy intestinal motor disturbances in the rat". Gut. 28
- ↑ Mizuno N, Itoh H. Functions and regulatory mechanisms of Gq-signaling pathways. Neurosignals. 2009;17(1):42-54. doi: 10.1159/000186689. Epub 2009 Feb 12. PMID 19212139.
- ↑ Giovannitti JA Jr, Thoms SM, Crawford JJ. Alpha-2 adrenergic receptor agonists: a review of current clinical applications. Anesth Prog. 2015;62(1):31-39. doi:10.2344/0003-3006-62.1.31
- ↑ Alhayek S, Preuss CV. Beta 1 Receptors. 2021 Aug 11. In: StatPearls [Internet]. Treasure Island (FL): StatPearls Publishing; 2022 Jan–. PMID 30422499.
- ↑ Frielle T, Kobilka B, Lefkowitz RJ, Caron MG (Jul 1988). "Human beta 1- and beta 2-adrenergic receptors: structurally and functionally related receptors derived from distinct genes". Trends in Neurosciences. 11
- ↑ Johnson M. Molecular mechanisms of beta(2)-adrenergic receptor function, response, and regulation. J Allergy Clin Immunol. 2006 Jan;117(1):18-24; quiz 25. doi: 10.1016/j.jaci.2005.11.012. PMID 16387578.
- ↑ Obstbaum SA, Kolker AE, Phelps CD. Low-dose epinephrine. Arch Ophthalmol. 1974 Aug;92(2):118-20. doi: 10.1001/archopht.1974.01010010124008. PMID 4847502.
- ↑ Tsentsevitsky AN, Kovyazina IV, Nurullin LF, Nikolsky EE. Muscarinic cholinoreceptors (M1-, M2-, M3- and M4-type) modulate the acetylcholine secretion in the frog neuromuscular junction. Neurosci Lett. 2017 May 10;649:62-69. doi: 10.1016/j.neulet.2017.04.015. Epub 2017 Apr 10. PMID 28408330.
- ↑ Selianko AA. Mekhanizm deĭstviia alpha-neĭrotoksinov iz zmeinogo iada na nikotinovye kholinoretseptory neĭronov simpaticheskogo gangliia krolika [Mechanism of action of alpha-neurotoxins from snake venom on nicotinic cholinoreceptors of sympathetic ganglion neurons in the rabbit]. Neirofiziologiia. 1983;15(4):377-83. Russian. PMID 6312339.