Kontent qismiga oʻtish

The International

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The International
Hozirgi chempionlar Rossiya Team Spirit
Vebsayt dota2.com/international/home/overview

The International Dota 2 oʻyini boʻyicha oʻtkaziladigan va boshqa kibersport yoʻnalishlari orasida eng yirik kibersport turniridir[1]. Turnir Valve tomonidan uyushtiriladi. Birinchi marta Kyolnda Gamescom 2011 taqdimotida boʻlib oʻtdi. Dota 2 kompyuter oʻyini boʻyicha The International turniri ishlab chiqaruvchi Valve kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladi. Turnirning yakuniy qismida dunyoning 16 ta eng yaxshi jamoasi (2017-yildan 18 ta, 2022-yildan esa 30 ta jamoa) ishtirok etadi. 2011-yildan beri The International turniri yiliga bir marta oʻtkazib kelinmoqda va mukofot puli miqdori va ishtirokchilar tarkibi boʻyicha Dota 2 boʻyicha yilning eng muhim va nufuzli tadbiri hisoblanadi[2]. The International jahon chempionatidek ahamiyatga ega, turnirdagi gʻalaba butun dunyo oʻyinchilari va jamoalari uchun eng yuqori yutuqdir. 2011-yilda oʻtkazilgan birinchi turnirning mukofot jamgʻarmasi kibersport uchun misli koʻrilmagan katta summa 1,6 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2013-yildan buyon har yili mukofot puli miqdori boʻyicha rekordni yangilab kelmoqda — 2021-yilda mukofot jamgʻarmasi 40 million dollardan oshdi[2]. 2013-yildan boshlab The International mukofot jamgʻarmasining bir qismi kraudfanding orqali shakllantiriladi: turnir arafasida oddiy Dota 2 oʻyinchilari oʻyinlar doʻkonida maxsus bonuslar toʻplamini sotib olish imkoniyatiga ega boʻlishadi („Battle Pass“) va ushbu toʻplamlarni sotishdan tushgan mablagʻlarning bir qismi turnirning sovrin jamgʻarmasini toʻldiradi. Sovrin jamgʻarmasini birgalikda moliyalashtirishning ushbu modeli asta-sekin boshqa kibersport turnirlarida paydo boʻldi.

Turnirni tashkil etish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The International turniri odatda yozning oxirida oʻtkaziladi (The International 10 bundan mustasno, COVID-19 epidemiyasi bilan bogʻliq muammolar tufayli tashkilotchi sanani oktabrga koʻchirishga majbur boʻlgan[3]). Baʼzi jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma olishsa, boshqalari mintaqaviy saralash orqali turnirda qatnashish imkoniyatiga ega. Birinchi turnir — TI 2011 DOTAda oʻynagan eng kuchli jamoalarning bevosita taklifiga binoan oʻtkazildi. Asta-sekin toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnomalar soni kamaydi — 2011-yildagi 16 tadan 2017-yilda 6 tagacha. Turnirdagi qolgan oʻrinlar hududiy saralash oʻyinlarida aniqlanadi.The International 2017 dan keyin butun mavsum davomida yangi Dota Pro Circuit ball tizimi joriy etildi. Eng koʻp ochko toʻplagan dastlabki 12 jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma orqali turnirida ishtirok etadi[4][5][6]. Qolgan oʻrinlar mintaqaviy saralash bosqichida birinchi oʻrinni egallagan jamoalarga berildi.

Turnirning final qismida barcha jamoalar guruh bosqichida oʻzaro oʻyinlar oʻtkazishadi. Guruhdagi natijaga koʻra jamoalar yoki keyingi saralash bosqichida ishtirok etishadi yoki tunirni tark etishadi. Saralash bosqichiga oʻtganlar Natijalariga koʻra, „pastki“ yoki „yuqori“ saralash bosqichida ishtirok etishadi. Saralashdagi oʻyinlar Best-of-three (BO3) formatida, yaʼni bir jamoa 2 marta gʻolib boʻlgunicha oʻtkaziladi (maksimal 3 ta oʻyin boʻlishi mumkin). „Yuqori“ saralashda magʻlub boʻlgan jamoa „pastki“ saralashga tushadi va u yerda hali ham chempionlik uchun kurashish imkoniyati mavjud. „Pastki“ saralashda jamoa magʻlubiyatga uchragan taqdirda, turnirni tark etadi. Turnirning final bosqichidagi oʻyinlar tomoshabinlar oldidagi sahnada oʻtkaziladi (COVID-19 epidemiyasi bilan bogʻliq muammolar tufayli jamoalar boʻsh tribunalarda boʻlib oʻtgan The International 10 bundan mustasno[3]). Yuqori va quyi saralashlarda gʻoliblar aniqlangandan soʻng, „grand-final“ tashkil etiladi, unda turnir chempioni aniqlanadi. Grand-finalda oʻyin jamoalardan birining uchta gʻalabasigacha davom etadi.

Chempionlar Aegisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aegis of Champions

Chempionlar Aegisi, Aegis of Champions — bu turnirda beriladigan mukofot hisoblanadi. Bu Weta kompaniyasi tomonidan bronza va kumushdan yasalgan qalqondir. Old tomonida Radiant va Dire tomon oʻrtasidagi kurash tasvirlangan rasm, orqa tomonida esa The International barcha gʻoliblarining ismlari oʻyib yozilgan. Bu mukofotni haqiqiy qalqon sifatida foydalanish mumkin. Qalqonda chuqurchalar mukofotni boshning tepasiga koʻtarish qulayligi uchun maxsus aylana shaklida qilingan.

Internationallar roʻyxati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
International roʻyxati
Yil Jamoalar Chempion Mukofot fondi Vaqt oraligʻi Joy
2011 16 Ukraina Natus Vincere[7] $1,600,000 17—21-avgust kunlari Koelnmesse (Cologne)[8]
2012 Xitoy Invictus Gaming[9] $1,600,000 31-avgustdan 2-sentabrgacha Benaroya Hall (Seattle)[10]
2013 Shvetsiya Alliance[11] $2,874,380 7—11-avgust kunlari
2014 Xitoy Newbee[12] $10,923,977 18—21-iyul kunlari KeyArena (Seattle)[13]
2015 Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses[14] $18,429,613 3—6-avgust kunlari
2016 Xitoy Wings Gaming[15] $20,770,460 3—13-avgust kunlari
2017 18 Yevropa Ittifoqi Team Liquid[16] $24,787,916 7—12-avgust kunlari
2018 Yevropa Ittifoqi OG[17] $25,532,177 20—25-avgust kunlari Rogers Arena (Vancouver)[18]
2019 Yevropa Ittifoqi OG[19] $34,330,068 20—25-avgust kunlari Mercedes-Benz Arena (Shanxay)[20]
2020 COVID-19 sababli bekor qilindi 18—23-avgust kunlari Avicii Arena (Stokgolm)
2021 18 Rossiya Team Spirit[21] $40,018,195 7—17-oktabr kunlari Arena Națională (Buxarest)[22]
2022 30 TBD TBD 8—30-oktabr kunlari


Turnirlar haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The International 2011

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gamescom 2011 The International 2011 turniri

2011-yilda birinchi The International 2011 turnirida qatnashish huquqi oʻsha paytda eng mashhur DotA oʻynovchi 16 jamoaga berildi[24]. Chunki Dota 2 oʻyini rasman hali chiqarilmagan, saralash bosqichi esa yoʻq edi[25][26]. Chempionat 2011-yilning 17—21-avgust kunlari Germaniyaning Kyoln shahrida boʻlib oʻtdi. „Grand-final“da Ukrainaning NaʼVi jamoasi finalda Xitoyning EHOME jamoasini magʻlub etdi va The Internationalning birinchi chempioniga aylandi.

Qatnashuvchi jamoalar[27]
Daniya MeetYourMakers Tailand MiTH-Trust Yevropa Ittifoqi GosuGamers.net Daniya nevo
Rossiya Moscow Five Ukraina Natus Vincere Fransiya Virus Gaming Malayziya MUFC
Xitoy TyLoo Gaming Filippin Mineski.Infinity Xitoy Invictus Gaming Yevropa Ittifoqi Online Kingdom Nirvana International
Singapur Scythe.SG Xitoy EHOME Storm Games Clan Yevropa Ittifoqi Online Kingdom Nirvana China
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Ukraina Natus Vincere 1 000 000 $
2nd Xitoy EHOME 250 000 $
3rd Singapur Scythe.SG 150 000 $

The International 2012

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2012 tomoshabinlari katta finalning boshlanishini tomosha qilishadi.



" Benaroya Hall ", Sietl, Vashington, AQSh.

2012-yilda Valvedan toʻgʻridan-toʻgʻri „invite“ni (taklifnoma) dunyoning 14 ta eng yaxshi jamoasini oldi, qolgan ikkita oʻrin uchun kurash esa Sharq va Gʻarb uchun bir vaqtning oʻzida — 2012-yil 6-iyundan 10-iyungacha „Wild Card Qualification“ onlayn kvalifikatsiyasidan foydalangan holda oʻtkazildi. Final bosqichi 2012-yil 26-avgustdan 2-sentabrgacha Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Xitoyning Invictus Gaming jamoasi finalda avvalgi chempion NaʼVi ustidan gʻalaba qozonib, turnirning ikkinchi chempioniga aylandi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Xitoy LGD Gaming Xitoy Invictus Gaming Ukraina Natus Vincere Shvetsiya Counter Logic Gaming
Xitoy TongFu Fransiya mTw Rossiya Moscow Five Malayziya Orange E-Sports
Germaniya mousesports Xitoy DK Avstraliya Absolute Legends Ukraina Darer
Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Xitoy EHOME Qoʻshma Shtatlar compLexity Singapur Zenith
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Xitoy Invictus Gaming 1 000 000 $
2nd Ukraina Natus Vincere 250 000 $
3rd Xitoy LGD Gaming 150 000 $

The International 2013

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda butun dunyodan 13 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, ikkita jamoa esa Gʻarb uchun — 2013-yil 13-maydan 19-maygacha, Sharq uchun — 20-maydan 30-maygacha „Wild Card Qualification“ onlayn saralash bosqichida aniqlandi. Oxirgi oʻrin esa 3-avgust kuni Sietlda saralash bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida oʻtkazildi. Sovrin jamgʻarmasi 2 874 407 dollarni tashkil etdi[28].Turnirning final qismi 2013-yilning 3-avgustidan 12-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, finalda Shvetsiyaning „Alliance“ jamoasi „NaʼVi“ni magʻlub etib, chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Xitoy Invictus Gaming Malayziya Orange.Neolution Shvetsiya Alliance Yevropa Ittifoqi Fnatic
Qoʻshma Shtatlar Team Liquid Ukraina Natus Vincere Singapur Zenith Qoʻshma Shtatlar Dignitas jamoasi
Rossiya Virtus.pro Yevropa Ittifoqi LGD.int Xitoy DK jamoasi Qoʻshma Shtatlar Invasion MUFC
Xitoy TongFu Germaniya mousesports Xitoy LGD.cn Xitoy Rattlesnake
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Shvetsiya Alliance 1 437 204 $
2nd Ukraina Natus Vincere 632 370 $
3rd Malayziya Orange.Neolution 287 441 $

The International 2014

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2014-yil. Key Arena.

2014-yilda butun dunyodan 11 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, yana toʻrttasi Wild Card Qualification onlayn saralash bosqichidan foydalangan holda tanlab olindi, bu safar saralash oʻyinlari quyidagi mintaqalar boʻyicha boʻlib oʻtdi: Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo. Soʻnggi invite saralash bosqichida ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida oʻtkazildi. Mukofot jamgʻarmasi 10 931 105 dollarni tashkil etdi[29]. Turnirning final qismi 2014-yilning 18—21-iyul kunlari Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi va finalda Xitoyning „NewBee“ jamoasi oʻz hamyurtlari Vici Gamingni magʻlub etib, chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Shvetsiya Alliance Malayziya Titan eSports Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Yevropa Ittifoqi Fnatic
Xitoy NewBee Xitoy Vici Gaming Ukraina Natus Vincere Xitoy Team DK
Xitoy Invictus Gaming Cloud9 RossiyaTeam Empire Qoʻshma Shtatlar NaʼVi.US
Malayziya Arrow Gaming Xitoy LGD Gaming GermaniyaMousesports Qoʻshma Shtatlar Team Liquid
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Xitoy NewBee 5 025 051 $
2nd Xitoy Vici Gaming 1 474 743 $
3rd Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses 1 037 782 $

The International 2015

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2015-yil. „Key Arena“.

2015-yilda butun dunyodan 10 ta jamoa turnirga taklifnoma oldi, yana toʻrtta oʻrin mintaqaviy saralash turnirlari gʻoliblariga nasib etdi: Yevropa, Amerika, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, qolgan ikkita oʻrinni mintaqaviy saralashda ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar egalladi. Turnirning boshlangʻich mukofot jamgʻarmasi anʼanaviy tarzda 1 600 000 AQSH dollarini[30], chiptalardan olinadigan qoʻshimcha toʻlov esa yana 16 829 613 AQSh dollarini tashkil etdi[31].Yakuniy mukofot jamgʻarmasi 18 429 613 dollarni tashkil etdi[29]. Final 2015-yilning 27-iyulidan 8-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Amerikaning Evil Geniuses jamoasi finalda Xitoyning CDEC Gaming jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.

2015-yilda Valve oʻzining turnir tizimida ikkita katta oʻzgarishlarni eʼlon qildi. Birinchidan, uchta major eʼlon qilindi (Major — dunyoning top jamoalari ishtirok etuvchi TI dan keyingi oʻrinda turuvchi turnir). Ikkinchidan, transfer qoidalari oʻrnatildi, unga rioya qilmaslik jamoa tarkibidagi oʻzgarishlar tufayli toʻgʻridan-toʻgʻri yirik turnirlarga taklif qilish imkoniyatidan mahrum boʻlishiga olib keldi, ammo bu turnirlarda umumiy saralash orqali qatnashish imkoniyati saqlab qolindi.[32][33]. 2015-yil sentabr oyida birinchi Major turniri tafsilotlari eʼlon qilindi. Majorlar kuz, qish va bahor fasllarida, The International 2016 esa odatdagidek yozda oʻtkazilishi rejalashtrildi[34].

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Xitoy Vici Gaming Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Yevropa Ittifoqi Team Secret Xitoy Invictus Gaming
Xitoy LGD Gaming Xitoy NewBee Cloud9 Rossiya Team Empire
Rossiya Virtus.pro Malayziya Fnatic Xitoy EHOME Qoʻshma Shtatlar compLexity
Janubiy Koreya MVP HOT6ix Ukraina Natus Vincere Xitoy CDEC Janubiy Koreya MVP Phoenix
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses 6 634 661 $
2nd Xitoy CDEC 2 843 793 $
3rd Xitoy LGD Gaming 2 202 646 $

The International 2016

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2016, yana " Key Arena ".

2016-yilda musobaqaga butun dunyodan 6 ta jamoa taklif etilgan boʻlib, ular qatoriga hududiy saralashda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan sakkizta jamoa qoʻshilgan boʻlsa, qolgan ikki oʻrin mintaqaviy saralash „Wild Card Qualification“da uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta jamoa oʻrtasida oʻtkazildi. Turnirning sovrin jamgʻarmasi 20 770 460 AQSH dollarini tashkil qildi[35]. Final 2016-yilning 3-avgustidan 13-avgustiga qadar Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, Xitoyning Wings Gaming jamoasi finalda Amerikaning Digital Chaos jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Yevropa Ittifoqi OG Yevropa Ittifoqi Team Liquid Xitoy NewBee Xitoy LGD Gaming
Yevropa Ittifoqi Team Secret Janubiy Koreya MVP Phoenix Ukraina Natus Vincere Xitoy Wings Gaming
Shvetsiya Alliance Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Filippin TnC Gaming Xitoy Vici Gaming Reborn
Qoʻshma Shtatlar Digital Chaos Xitoy EHOME Yevropa Ittifoqi Escape Gaming Malayziya Fnatic
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Xitoy Wings Gaming 9 139 002 $
2nd Qoʻshma Shtatlar Digital Chaos 3 427 126 $
3rd Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses 2 180 898 $

The International 2017

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda butun dunyodan 6 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 12 ta oʻrin mintaqaviy saralash bosqichida oʻynadi, bu safar saralash olti mintaqada oʻtkazildi: MDH, Xitoy, Yevropa, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika. Chempionatda yangi oʻzgarishlar boʻldi — endi turnirda 18 ta jamoa ishtirok etadigan boʻdi. Bundan tashqari oʻz guruhida soʻnggi oʻrinlarni egallagan 2 jamoa turnirni tark etardi. Final 2017-yilning 7—17-avgust kunlari Sietl shahrida (AQSh) boʻlib oʻtdi, finalda Team Liquid jamoasi TI 2014 chempioni „NewBee“ni magʻlub etgan holda chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Filippin TNC Pro Team Rossiya Team Empire Yevropa Ittifoqi Team Secret Malayziya Fnatic Xitoy LGD Gaming
Yevropa IttifoqiTeam Liquid Xitoy IG Vitality Yevropa Ittifoqi OG Cloud9 Xitoy NewBee Xitoy Invictus Gaming
Qoʻshma Shtatlar Digital Chaos Rossiya Virtus.pro Xitoy LGD Forever Young Filippin Execration Peru Infamous Yevropa Ittifoqi Hellraisers
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Yevropa Ittifoqi Team Liquid 10 862 683 $
2nd Xitoy NewBee 3 950 067 $
3rd Xitoy LGD Forever Young 2 592 231 $

The International 2018

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2018, " Rogers Arena ".

2018-yilgi mavsumda eng yuqori DPC ball toʻplagan 8 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 10 ta oʻrin mintaqaviy saralash bosqichida oʻynaldi. Saralash oʻtgan yilgidek — olti mintaqada oʻtkazildi. Bu birinchi mavsumning DPC tizimi boʻyicha jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnomalarni olgan birinchi TI boʻldi. Oʻtgan yillardagi chempionatlardan farqli oʻlaroq, bu safar final Vankuverda (Kanada) boʻlib oʻtdi. Final bosqichi 2018-yilning 20—25-avgust kunlari boʻlib oʻtdi, „Grand-final“da Yevropaning OG jamoasi Xitoyning PSG.LGD jamoasini magʻlub etib, chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Rossiya Virtus.pro Yevropa Ittifoqi Team Liquid Yevropa Ittifoqi Team Secret Xitoy PSG.LGD Filippin Mineski Xitoy Vici Gaming
Xitoy NewBee Xitoy VGJ.Thunder Rossiya FTM.Winstrike Yevropa Ittifoqi OG Xitoy Team Serenity Xitoy Invictus Gaming
Malayziya Fnatic Filippin TnC Predator Qoʻshma Shtatlar VGJ.Storm Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Qoʻshma Shtatlar OpTic Gaming Braziliya paiN Gaming
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Yevropa Ittifoqi OG 11 190 158 $
2nd Xitoy PSG.LGD 4 069 148 $
3rd Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses 2 670 379 $

The International 2019

[tahrir | manbasini tahrirlash]
The International 2019 , Mercedes-Benz Arena

2019-yilgi mavsumda eng yuqori DPC ball toʻplagan 12 ta jamoa turnirga toʻgʻridan-toʻgʻri taklifnoma oldi, qolgan 6 ta oʻrin uchun avvalgi yildagidek 6 ta mintaqadagi jamoalar saralash bosqichida bahslashishdi. Turnirning final bosqichi 2019-yilning 15—25-avgust kunlari Shanxayda (Xitoy) boʻlib oʻtdi. Yevropaning OG va Team Liquid jamoalari chempionlik unvoni uchun kurashdi va 2019-yil ham OG gʻalaba qozondi va The Internationalning ikki karra chempioni boʻlgan birinchi jamoaga aylandi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Yevropa Ittifoqi Team Secret Rossiya Virtus.pro Xitoy Vici Gaming Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Yevropa Ittifoqi Team Liquid Xitoy PSG.LGD
Malayziya Fnatic Shvetsiya NIP Filippin TNC Predator Yevropa Ittifoqi OG Shvetsiya Alliance Xitoy Keen Gaming
Ukraina Natus Vincere Xitoy RNG Up Yevropa Ittifoqi Chaos Filippin Mineski Qoʻshma Shtatlar FWD Peru Infamous
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Yevropa Ittifoqi OG 15 607 638 $
2nd Yevropa Ittifoqi Team Liquid 4 459 325 $
3rd Xitoy PSG.LGD 3 087 225 $

The International 2020

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda turnir global COVID-19 epidemiyasi tufayli bekor qilindi. Biroq, „Battle Pass 2020“ 2020-yil 25-mayda sotuvga chiqarildi.

The International 10

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilgi turnirda final bosqichi 5—15-avgust kunlari Stokgolmda (Shvetsiya) oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, Valve turnirni Shvetsiyada tashkil qila olmadi, shuning uchun u boshqa joyga koʻchirildi. Keyinchalik Valve The International oktabr oyida Ruminiyaning Buxarest shahrida, „Arena Națională“ stadionida boʻlib oʻtishini eʼlon qildi. Musobaqaning guruh bosqichi 7—10-oktabr kunlari, saralash (asosiy bosqich) 12—17-oktabr kunlari boʻlib oʻtdi. Davom etayotgan COVID-2019 pandemiyasi tufayli tashkilotchilar tadbirlarni boʻsh tribunalarda oʻtkazishga majbur boʻlishdi[3], biroq, onlayn translyatsiya statistikasi soʻnggi chempionatdan oshib ketdi — faqat grand finalni butun dunyo boʻylab 2 milliondan ortiq tomoshabin onlayn tarzda tomosha qildi[36]. Rossiyaning „Team Spirit“ jamoasi grand finalda Xitoyning „PSG.LGD“ jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etib, chempion boʻldi.

Qatnashuvchi jamoalar
Qatnashuvchi jamoalar
Qoʻshma Shtatlar Evil Geniuses Xitoy PSG.LGD Rossiya Virtus.pro Qoʻshma Shtatlar Quincy Crew Xitoy Invictus Gaming Janubiy Koreya T1
Xitoy Vici Gaming Yevropa Ittifoqi Team Secret Xitoy Team Aster Shvetsiya Alliance Qoʻshma ShtatlarPeru Beastcoast Peru Thunder Predator
Xitoy Elephant Qoʻshma ShtatlarKanada Team Undying Braziliya SG esports Yevropa Ittifoqi OG Rossiya Team Spirit Birlashgan Qirollik Fnatic
Natijalar
Oʻrin Jamoa Mukofot puli
1st Rossiya Team Spirit 18 208 300 $
2nd Xitoy PSG.LGD 5 202 400 $
3rd Yevropa Ittifoqi Team Secret 3 601 600 $

The International oʻyin va kibersport boʻyicha eng yirik tadbir sifatida kibersportning ommalashishiga va uning dunyoda tarqalishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 2014-yilda Valve 2011-yilda birinchi turnirni tashkil etish va oʻtkazish haqida „ Free to Play “ nomli hujjatli filmni chiqardi[37][38]. 2016-yilda Valve oʻtgan chempionatlarga bagʻishlangan True Sight nomi ostida bir qator epizodik hujjatli filmlarni suratga olishga qaytdi[39][40][41][42].

  1. „Is Dota 2 a Game or an Industry?“. Bloomberg (19-oktabr 2021-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „The top 10 highest prize pools in esports“ (2021-yil 18-oktyabr). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „The International 10 Will Be Held Without An Audience!“. eSport Times (3-oktabr 2021-yil). 19-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  4. „Valve is rebooting its Dota 2 tournaments for a more democratic and 'organic' approach“. The Verge. 5-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  5. „Valve Announces Big Changes To Dota 2's Tournament Structure Going Forward“. Kotaku. 10-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2017-yil.
  6. „Here are the top eight Dota Pro Circuit point winners so far“. The Flying Courier. 23-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-aprel 2018-yil.
  7. S. Good, Owen „The International goes to China for 2019 championships“. Polygon (avgust 26, 2018). Qaraldi: iyul 12, 2019.
  8. Miozzi, CJ. „Valve Announces DOTA 2 Gamescom Tournament“. Game Front (avgust 1, 2011). 24-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral 2014-yil.
  9. Cybercube. „The end of Na Vi reign: Invictus Gaming champions team then and now“. Medium.com (5-sentabr 2018-yil). Qaraldi: iyul 12, 2019.
  10. Hafer, T.J. „The International Dota 2 Championships 2012 to be held at PAX Prime this Avgust“. PC Gamer (11-may 2012-yil). 29-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2022-yil.
  11. Pitcher, Jenna „The International attracts more than 1 million viewers“. Polygon (avgust 14, 2013). Qaraldi: iyul 12, 2019.
  12. Gies, Arthur „Dota 2 team Newbee just won The International 4 — along with the largest eSports prize pool in history“. Polygon (iyul 21, 2014). Qaraldi: iyul 12, 2019.
  13. Williams, Katie „Valve Announces Dates, Location, and Ticket Prices for The International 2014“. IGN (31-mart 2014-yil). 4-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2014-yil.
  14. Dator, James „Evil Geniuses win The International Dota 2 Championship 2015“. SB Nation (avgust 9, 2015). Qaraldi: iyul 12, 2019.
  15. Walker, Dylan „Wings Gaming wins the Dota 2 International 2016, nearly 250 million in prize money“. Yahoo! esports. Yahoo! (avgust 13, 2016). 17-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: avgust 14, 2016.
  16. Rose, Victoria „How Team Liquid swept The International 2017 Grand Finals for the 270.8M prize“. PC Gamer (avgust 12, 2017). avgust 16, 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: avgust 16, 2017.
  17. Gach, Ethan „Tournament Underdogs Won This Year's Dota 2 International“. Kotaku. avgust 27, 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: avgust 27, 2018.
  18. Rose, Victoria „The International 8 to take place Avgust 20–25 in Vancouver“. The Flying Courier. Polygon. 2018-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2018-yil.
  19. Michael, Cale „OG make history by beating Team Liquid and winning The International 2019“. Shack News (avgust 25, 2019).
  20. Mejia, Ozzie „The Dota 2 International 9 will take place in Shanghai, China“. ShackNews. Qaraldi: avgust 25, 2018.
  21. Michael, Cale „Team Spirit shock the world, beat PSG.LGD to win The International 10“. Dot Esports (oktabr 17, 2021).
  22. Goslin, Austen „Dota 2’s The International 10 tournament has been moved to a new country“. Polygon. Qaraldi: oktabr 17, 2021.
  23. Michael, Cale „The International 2022 dates revealed, next Dota 2 update drops June 8“. Dot Esports. Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.
  24. „The International“ (inglizcha). joindota.com. 26-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 февраля 2013.
  25. „TI1 · О Дота 2 и Дота 1“. ru.dota2.com. 2012-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2 ноября 2010.
  26. „TI1 · Сетка основного этапа и полная информация“. joindota.com. 26-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 февраля 2013.
  27. „The International 2011 - Dota 2“. 27-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  28. „Dota 2's The International 3 reaches $2M prize pool“. 18-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2013-yil.
  29. 29,0 29,1 „Dota 2 Prize Pool Tracker“. 27-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2014-yil.
  30. „Dota 2 - The International Compendium 2015“. 1-may 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-may 2015-yil.
  31. „Путь чемпиона“ (ruscha). Dota2.ru (9-avgust 2015-yil). 11-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2015-yil.
  32. „Major · Dota 2 о главных чемпионатах“. ru.dota2.com. 27-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 25-aprel.
  33. „TI6 · О главном киберспортивном турнире года“. championat.com. 4-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-avgust.
  34. „Major · Старт первого Major′a“. dota2.com. 14-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-avgust.
  35. Dylan Walker. „The International 6 now boasts the largest esports prize pool of all time“ (inglizcha). esports.yahoo.com (27-iyul 2016-yil). 25-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-sentabr 2016-yil.
  36. „Гранд-финал TI10 побил рекорд TI9 по зрителям. Матч смотрят более 2 млн человек“ (ruscha). cyber.sports.ru (17-oktabr 2021-yil). 17-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2021-yil.
  37. Devore, Jordan. „Dota 2 documentary Free to Play: The Movie released“ (en). Destructoid (19-mart 2014-yil). 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2014-yil.
  38. Albert, Brian. Free to Play review“ (inglizcha). IGN (21-mart 2014-yil). 2014-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2014-yil.
  39. Thursten, Chris. „Valve's latest Dota 2 documentary series starts today“ (inglizcha). PC Gamer. 2016-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-oktabr 2016-yil.
  40. Rose, Victoria. „True Sight mini-documentary, this time featuring TI7’s Grand Finals, is now available to watch“ (inglizcha). The Flying Courier. Polygon (27-sentabr 2017-yil). 2017-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-oktabr 2017-yil.
  41. foxssportsasia. „Dota 2: Latest 'True Sight' documentary on OG's victory in TI8 is a must-watch“ (inglizcha). Fox Sports. 3-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2018-yil.
  42. „True Sight — The International 2019 | Dota 2“ (inglizcha). 11-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2020-yil.