Abu Said Bahodir
Abu Said Bahodir (1305-1335-yillar) – Hulokuiylar davlati hukmdori (1316-1335). Oʻljoytuxonnit oʻgʻli. 1313-yil Xuroson noibi etib tayinlanib, yoshligi sababli uni otaliq yordamida idora etgan. 1316-yil otasi vafot etgach, Hulokuiylar davlati taxtiga oʻtirgan boʻlsada, davlatni uning nomidan amir Choban boshqarib turgan (1327-yilgacha). Abu Said Bahodir davrida Misrga qarshi uzoq vaqt olib borilgan urush pirovardida oʻzaro sulh bilan yakun-langan, Oltin Oʻrda va Chigʻatoy ulusidan qilingan hujumlar qaytarilgan, Kichik Osiyoda moʻgʻullar hukmronligi yanada mustahkamlangan. Abu Said otasi Oʻljoytuxon zamonida davlat dini dara-jasiga koʻtarilgan shialik taʼlimotiga chek qoʻyib, oʻz tangalarida yana choryorlar (toʻrt xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali) nomini zarb qildirgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |