Antigona
Qiyofa
Antigona — yunon afsonasiga koʻra, xudolar irodasi bilan mudhish gunoh ish qilib qoʻygan Fiva davlati shohi Edipning qizi. Antigona otasi bilan quvgʻinlikda uning azob-uqubatlariga sherik boʻlib yuradi. Antigona otasi vafotidan keyin vataniga qaytib keladi. Fivaga qarshi qurol koʻtargan ukasi Polinik jasadini, shoh Kreontning taqiklashiga qaramay, dafn qiladi. Shundan keyin shoh buyrugʻi bilan Antigona maqbaraga qamab qoʻyiladi va shu yerda u oʻzini halok etadi. Sofokl va boshqa mualliflarning asarlarida Antigona obrazi ota-onaga muhabbat va olijanob fidokorlik ramzi sifatida talqin etiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |