Kontent qismiga oʻtish

BRICS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BRICS

BRICS liderlari (2023), chapdan oʻngga: Lula da Silva, Si Zinping, Cyril Ramaphosa, Narendra Modi and Sergey Lavrov (Vladimir Putin oʻrniga).
Turi Xalqaro tashkilot
Maqomi Faoliyat yuritmoqda
Ishga tushgan sanasi 2006-yil
BRICS.svg

BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlat nomlarining bosh harfi) – davlatlararo assotsiatsiya, Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr va Efiopiya davlatlarini birlashtirgan ittifoq. Tashkilot (Davlatlar Hamdoʻstligi) 2006-yil iyun oyida (BRIC sifatida) Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan.

BRICS aʼzolari iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan yirik mamlakatlar sifatida ifodalanadi. Ushbu mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanganligini, ijobiy barqarorligini, ham kuchliligini va jahon iqtisodiyoti uchun resurslari koʻpligini koʻrishimiz mumkin: Braziliya – jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tengligi bilan dunyoda 7- oʻrinda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boy; Rossiya – Jahon iqtisodiyotida mineral resurslarga boy shu bilan birga yalpi ichki mahsulot boʻyicha 5-6 oʻrinda, eng yirik hududga ega va dunyodagi ikki yirik yadroviy kuchlardan biridir; Hindiston – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik bilan dunyoda 3- oʻrinda, bir milliarddan ortiq aholisi bor. Intellektual resurslarga ega, aholisi ikki xil tabaqaga boʻlingan boylar va qashshoqlar, atomi bilan katta kuchga ega; Xitoy – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsuloti hamda iqtisodiyoti rivojlanishi bilan 1- oʻrinda shu bilan birga dunyoda birinchi eksport („dunyo zavod“), dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralarining ega, dunyodagi eng yirik aholiva atom elektrenergiyasiga egadir; Janubiy Afrika – Jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tenglik va iqtisodiyoti bilan 25-29 oʻringa ega, tabiiy resurslari asosiy kuchi .

BRICS aʼzo davlatlari markaziy banki: 100 milliard dollar sarmoyali qutqaruv fondi tashkil etilgan, ushbu fondning maqsadi BRICS davlatlarini valyuta bozorlarida uchraydigan oʻzgarishlardan himoya qilishdir.

Yangi aʼzolar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 1-yanvar kuni Saudiya Arabistoni, Misr, Eron, BAA va Efiopiya BRICS tashkilotining toʻlaqonli aʼzosiga aylandi[1][2].