Bariy sulfat
Qiyofa
Bariy sulfat, BaSO4 - tuz, rangsiz kristall modda. a-(1150° gacha turgʻun) va E-(1150° dan 1580° gacha turgʻun) modifikatsiyalari maʼlum. Zichligi 4500 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 1580°. Suvda juda oz (18° da 1 l da 2 mg), konsentrlangan sulfat kislotada esa yaxshi eriydi. Tabiatda barit minerali holida uchraydi. Yelim, rezina, linoleum, qogʻoz, fotoqogʻoz ishlab chiqarishda, qogʻozni oqartirishda, litopon (oq boʻyoq) olishda, neft quduqlarini burgʻilashda qoʻllaniladigan ogʻir suyuqlik tarkibida va boshqalarda ishlatiladi. Bariy sulfat rentgen nurlarini yaxshi yutadi, shuning uchun meʼda-ichaklarni rentgen apparatida tekshirihdan oldin bemorlarga Bariy sulfat ichiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |