Bosim akkumulyatori
Qiyofa
Bosim akkumulyatori — raketa dvigateli qurilmasining bir qismi (ballon). Unda yuqori bosimli gaz saqlanadi yoki generatsiyalanadi; gaz (havo, azot gazi, geliy gazi) bilan toʻldiriladi. Gazni generatsiyalash (generatsiya — yunoncha soʻz boʻlib, koʻpayish, paydo boʻlish maʼnolarini bildiradi) poroxning yonishi (porox Bosim akkumulyatori ) yoki suyuq yonilgʻining yonishi (suyuqlik Bosim akkumulyatori ) natijasida amalga oshadi. Bosim akkumulyatori dan dvigatelga yonilgʻi yuborish (mas, gaz bilan ishlaydigan avtomobillarda), pnevmoavtomatikani ishlatib yuborish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |