Brioniya
Qiyofa
Brioniya | ||||
---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||
|
Brioniya (Bryonia) — qovoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 15 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 4 turi uchraydi. Oq B. (V. alba) — yoʻgʻon ildizli, mayda sariq gulli oʻsimlik. Kavkaz va Oʻrta Osiyoda oʻsadi. Tarkibida brionin degan zaharli glikozid va boshqa moddalar bor. Xalqtabobatida ogʻriq qoldiruvchi, qon toʻxtatuvchi, surgi dori sifatida, yoʻtal va yaralarni davolashda ishlatiladi. Oʻzbekistonda uchraydigan tarvuzpalak (V. dioica) ham shu maqsadlarda qoʻllanadi. Tarkibida briomarid, briodulkozid va boshqa moddalar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |