Chagʻoniyon
Chagʻoniyon (arab. Sagʻoniyon) – Surxondaryo (Chagʻonrud)ning oʻrta va yuqori oqimi boʻylarida joylashgan tarixiymadaniy viloyat. Dastlab Syuan Szan tomonidan (mil. taxminan 630-yil) qayd etilgan. Bu hududda insonlar yashaganligining eng qad. izlari mezolit va neolit davrlariga oid. Miloddan avvalgi 2ming yillikning 2yarmida bu yerda ilk dehqonchilik manzilgohlari (Moʻlalitepa), miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtasida esa ilk shahar (Qiziltepa) vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 1-asr – milodiy 1-asrda Chagʻoniyon yuyechjiylar davlatining asosiy markazlaridan biri boʻlgan. Milodiy 1–3-asrlarda Chagʻoniyon Kushon podsholigi tarkibiga kirgan. Chagʻoniyonning iqtisodi va madaniyati bu davrda ravnaq topgan, koʻplab shahar va qishloklar vujudga kelgan, tovarpul munosabatlari, sugʻorma dehqonchilik, turli kasbhunarlar, tasviriy va amaliy sanʼat (ayniqsa, haykaltaroshlik) rivojlangan (Xolchayoʻn, Dalvarzintepa). Milodiy 3–4-asrlarning 2yarmida Chagʻoniyon sosoniy kushonshoxdar qoʻl ostida boʻlgan. Milodiy 5-asrning 2-yarmi – 6-asrda viloyat avval Eftaliylar, soʻngra Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan. 6-asrning 2yarmidan – 8-asrning 2yarmigacha Chagʻoniyonni mahalliy sulola boshqargan, u nomigagina Toxaristonning oliy hukmdorlari – turkiy yabgʻularga boʻysungan. Chagʻoniyonning ayrim hukmdorlari – xidevlar yoki chagʻonxudotlarning ismlari yozma, epigrafik va numizmatik maʼlumotlar boʻyicha aniqlangan: Fagʻanish, Sashr, Zarin, Turontosh, Tish, Xnar. Milodiy 7-asrning 2yarmida Chagʻoniyonga arablar kirib kelgan, ular 8-asr oxirida mahalliy sulolani tugatganlar. 9-asrning oʻrtasi yoxud 2yarmidan XI asr boshigacha Chagʻoniyon – somoniylarning eng qudratli yarim mustaqil vassallaridan hisoblangan muxtojiylar sulolasidan boʻlgan hokimlarning merosiy mulki boʻlgan. Bu sulola amirlari Abu Bakr Muhammad bin Muzaffar (940/941 yil v.e.), ayniqsa, Ahmad bin Abu Bakr Muhammad – Abu Ali Chagoniy (955/956 yil) Somoniylar saroyida eng muhim maʼmuriy mansablarni (jumladan, Xuroson noibi va sipohsolorlik) egallaganlar. Muxtojiylar davrida Chagʻoniyon tarkibiga hozirgi Surxondaryo viloyatidan tashqari Tojikistonning shim.gʻarbidagi Shuman va Oxarun viloyatlari kirgan. Chagʻoniyon poytaxti ham Sagʻoniyon deb atalib, Denovdan 6 km jan.sharqsagi Budroch shahri xarobasi oʻrnida boʻlgan. Chagʻoniyon (Sagʻoniyon) shahri bu davrda Markaziy Osiyoning eng yirik iqgasodiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan. Chagʻoniyon Amiri Axmad bin Muhammad esa koʻplab buyuk shoirlar (Daqiqiy, Farruxiy, Manjuqiy) homiysi (mamdux) sifatida Sharqsa shuhrat qozongan. 11-asrning 1yarmida Chagʻoniyon maʼlum darajada qoraxoniylarga qaram boʻlgan, ayrim vaqtlarda u mustaqil mulk hisoblangan. XI asrning 2-yarmi – XI asrning 1-yarmida Chagʻoniyon Saljuqiylar davlati tarkibiga kirgan. 11-asrning 2-yarmi – 13-asr bopsh Chagʻoniyonni qoraxoniylar, qarluklar, gʻuriylar, xorazmshoxlar idora ztgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng XIII asr oʻrtasida Chagʻoniyon Chigʻatoyxonning nabirasi Yesun Tuvaning, soʻngra uning oʻgʻli Barokning merosiy mulkiga aylangan. Bu davrda Yangi shahar ilgarigi rabod oʻrnida vujudga kelib 16-asr boshiga qadar mavjud boʻlgan, soʻngra Shayboniyxon tomonidan bosib olintan. Shundan soʻng asosiy markaz Dehinav (hozirgi Denov)ga koʻchgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rtveladze E. V., Velikiy shelkoviy put, T., 1999;Boʻriyev O., Temuriylar davri manbalarida Chagʻoniyon, T., 2001; Chagoniyon tarixi, T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |