Dinamit
Dinamit (frans. dynamite, yun. dynamis — kuch) — kuchli portlovchi modda. Asosiy tarkibiy qismi — nitroglitserin va b. suyuq nitroefirlar (15%). Avval (1867, A. Nobel) — nitroglitserin va kukun holatdagi inert toʻldiruvchilar (talk, magniy oksid va b.) aralashmasidan gurdinamitlar tayyorlangan. Bunday D.larda nitroglitserin toʻldiruvchi bilan mustahkam bogʻlanmaganligidan namlik katta boʻlgan sharoitda qoʻllanganda u suv taʼsirida oiqib chiqariladi. Nitroglitserin va sellyulozaning (kolloksimin, kolloidlangan paxta) kolloid eritmasi — dinamitli jelatin asosida tayyorlangan jelatin dinamitlar (1875, A. Nobel) ancha barqaror. Eng oddiy, lekin kuchli jelatindinamit tarkibida kolloksilin (7—8%) boʻlgan nitroglitserindan tayyorlangan. D. tarkibiga oksidlovchilar: kaliy, natriy yoki ammoniy nitratlari (selitralar), yonuvchi moddalar (mas, yogʻoch kukuni) va b. ham kiradi. Muzlash temperaturasini oshirish uchun D. tarkibiga nitroefirlar (mas, glikoldinitrat) ham qoʻshiladi. D. togʻ sanoatida qattiq jinslarni portlatishda, suv osti va shaxta ishlarida hamda harbiy maqsadlarda qoʻllanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |