Kontent qismiga oʻtish

Diyor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diyor
Diyor telekanali
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti tunu-kun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i asosan oʻzbekcha, shuningdek boshqa tillar
Boshqaruv markazi Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 69-uy
Mazmuni universal
Efirga chiqqan 2013-yil 16-dekabr
Efirdan uzilgan 2017-yil 24-iyul
Efirdan uzilish sababi oʻrniga Oʻzbekiston 24 telekanali ishga tushirilgan
Tomoshabinlar 30 milliondan koʻp
Asoschisi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Egasi Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
Aloqador telekanallar Oʻzbekiston MTRK kanallari
Sayt www.mtrk.uz

DiyorOʻzbekistonning universal mazmundagi umummilliy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Telekanal 2013-yil 16-dekabrda efirga uzatishni boshlagan[1], 2017-yil 24-iyulda faoliyati tugatilgan. Diyor telekanalining bazasi va chastotasida 2017-yilning 24-iyulida Oʻzbekiston 24 telekanali faoliyat boshlagan[2].

Diyor telekanali oʻz dasturlarini asosan oʻzbek tilida uzatgan, shuningdek, ayrim koʻrsatuvlar qoraqalpoq, rus va Oʻzbekistonda yashovchi boshqa millatlar tillarida efirga uzatilgan. Telekanal efirini asosan Oʻzbekiston MTRKga qarashli viloyatlar telekanallaridan saralab olingan dasturlar tashkil etgan.