Geliotsentrik sistema
Geliotsentrik sistema - Quyosh sistemasining tuzilishi haqidagi tasavvur; unga koʻra, Kuyosh markaziy jism bulib, boshqa sayyoralar, shu jumladan Yer ham Quyosh atrofida va oʻz oʻqi atrofida aylanib turadi. Bu taʼlimotni polyak olimi N. Kopernik yaratdi. Mil. av. 4-asrda yunon faylasufi Geraklit Yer shar shaklida, u oʻz oʻqi atrofida aylanadi, yulduzlar esa qoʻzgʻalmas, deb aytgan. U Merkuriy va Venera Quyosh atrofida aylanib, Quyosh bilan birga Yer atrofida harakatlanadi, deb uylagan. Mil. av. 3-asrda yashagan Samoslik Aristarx yulduzlar joylashgan sfera va Quyosh qoʻzgʻalmaydi, Yer esa markazida Quyosh joylashgan aylana boʻylab harakatlanadi, degan fikrni aytgan. Abu Rayhon Beruniy "al-Qonun almasʼudiy"asarida Aristarx taʼlimotiga murojaat qilib, Yerning harakati haqida yozgan edi. Ammo bu fikrlar rivojlanmadi va to 16-asrgacha Ptolemeynnsh geotsentrik sistema haqidagi taʼlimoti hukmron boʻlib keldi. N. Kopernik "Osmon sferalarining aylanishi" asarida (1543) Yer harakati toʻgʻrisidagi gʻoyani matematik usulda isbotlab berdi. Geliotsentrik sistema. taʼlimotiga koʻra: 1) olamning markazida Yer emas, balki Quyosh turadi; 2)Yer va b. sharsimon sayyoralar Quyosh atrofida faqat bir yoʻnalishda harakatlanadi hamda biror diametr atrofida aylanadi; 3) sayyoralarning Quyosh atrofidagi yoʻli (orbitasi) aylanadan iborat; 4) sayyoralar bir xil tezlikda tekis harakat qiladi. Bundan tashqari, Kopernik Oy Yer atrofida aylanadi va Yer bilan birga Kuyosh atrofida harakatlanadi, deb hisoblaydi. Kopernik osmon yoritqichlarining sutkalik koʻrinma harakati Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida, Quyoshning yillik koʻrinma harakati esa Yerning Quyosh atrofida yillik aylanishi natijasida sodir boʻlishini tushuntirdi. Nemis astronomi I. Kepler N. Kopernik taʼlimotini rivojlantirib, sayyoralarning harakat qonunlarini ochdi. Geliotsentrik sistema. geotsentrik sistema tarafdorlariga qaqshatqich zarba berdi. J. Bruno, G. Galiley geliotsentrik sistema. gʻoyasining taraqqiyotiga katta hissa qoʻshishdi. 1677-yilda I. Nyuton oʻzining butun olam tortishish qonunini kashf etdi va bu bilan sayyoralarning Kuyosh atrofida harakat qilish sabablarini ochib berdi. 1957-yil 4 oktabrda boshlangan kosmik era, yaʼni Yer suniy yoʻldoshlarining uchirilishi, kosmik raketalarning Oy va sayyoralarga parvozi geliotsentrik sistema. gʻoyasining toʻgʻri ekanligini isbotladi. Geliotsentrik sistema. tabiatshunoslikning rivojlanishida olamshumul oʻrin tutdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |