Hikaru Sulu
Hikaru Sulu (inglizcha: Hikaru Sulu) ― „Yulduzlar yoʻli: Asl serial“ ilmiy-fantastik teleserialidagi bosh qahramonlardan biridir. Shuningdek, „Yulduzlar yoʻli: Animatsion seriyalar“ multserialining birinchi oltita seriyasida, „Yulduzlar yoʻli: Sayyoh“ seriyasining epizodida va turli kitoblar, komikslar va videooʻyinlarda paydo boʻladi.
Xarondagi Sulu krateri uning nomi bilan atalgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hikaru Sulu 2237-yilda San-Fransiskoda tugʻilgan[1]. 2248-yilda Sulu oilasi Klingon imperiyasi bilan chegaradosh Ganjutsu sayyorasidagi Ishkavaga koʻchib oʻtdi. Klingonlarning kutilmagan hujumi Suluning qiz doʻstining oʻlimiga olib keldi va uning qalbida chuqur iz qoldirdi[2]. Sulu 2255-yilda Yulduz floti akademiyasiga oʻqishga kirdi va u yerda qilichbozlik bilan shugʻullanib, uch marta chempion boʻldi. Akademiyada u botaniklikka oʻqib, uni 2259-yilda tugatgan. Xuddi shu yili u qoʻmondonlik maktabiga oʻqishga kirdi[3].
2265-yilda leytenant Sulu Enterprayz yulduzuchariga astronomik boʻlim boshligʻi etib tayinlandi.[4] 2266-yilda Sulu rul boshqaruvchi sifatida koʻprik ofitseri etib tayinlandi va taktik ofitser vazifasini ham bajardi.
2266-yilda Sulu Enterprayz jamoasining qolgan aʼzolari bilan birga Psi 2000 virusi bilan kasallangan va qilichbozlik paytida oʻzini DʻArtanyan deb koʻrsatgan va qilichbozlik asnosida ekipajni xavf ostiga qoʻygan[5]. Oʻsha yili Sulu Enterprise va qora tuynuk oʻrtasidagi tasodifiy toʻqnashuv tufayli Yerning oʻtmishiga sayohat qildi. AQSh harbiy-havo kuchlari kemani payqab qoldi va hujum qilishga urindi (bu, albatta, muvaffaqiyatsiz tugadi). Kapitan Kirk va Sulu Enterprayz fotosuratlarini olish uchun yer yuzasiga tushishdi[6].
2267-yilda Sulu boshqa ekipaj aʼzolari bilan birgalikda Omikron Seti III sayyorasida sporalarga duchor boʻldi. Ekipajning qolgan aʼzolari singari, Sulu Yulduz flotidan chiqib, sayyorada yashashni xohladi, ammo tuzalib, oʻz vazifasiga qaytdi[7]. Oʻsha yili texnik nosozlik tufayli konsol portlashi oqibatida Sulu jarohat oldi[8].
2267-yilda yosh praporshik Chexov Enterprayzga tayinlanganida, Sulu taktik ofitser lavozimini egalladi. Chexov va Sulu oʻrtasida mustahkam doʻstlik paydo boʻldi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TOS: „That Which Survives“; Star Trek IV: The Voyage Home; Star Trek Chronology
- ↑ novella Star Trek V: The Final Frontier
- ↑ TOS novel: The Kobayashi Maru, TOS movie: The Voyage Home
- ↑ TOS: „Where No Man Has Gone Before“
- ↑ TOS: „The Naked Time“
- ↑ TOS: „Tomorrow is Yesterday“
- ↑ TOS: „This Side of Paradise“
- ↑ TOS: „The City on the Edge of Forever“
- ↑ TOS: „Catspaw“; Star Trek V: The Final Frontier