Konibodom
Qiyofa
shahar | |
40°17′0″N 70°25′0″E / 40.28333°N 70.41667°E | |
Mamlakat | Tojikiston |
viloyat | Sugʻd viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Konibodom tumani |
Asos solingan | IX |
Ilk eslatilishi | 1463 |
Avvalgi nomlari | Qandi Bodom |
Qachondan beri shahar | 1937 |
Rasmiy til(lar)i | Tojik tili|tojikcha |
Aholisi (2013) |
48 ming[1] |
Milliy tarkib | tojiklar, oʻzbeklar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +992 3467 |
Pochta indeks(lar)i | 735900 |
Avtomobil kodi | 02РТ |
|
Konibodom (tojikcha: Конибодом; forscha: کان بادام) — Tojikiston Respublikasi Sugʻd viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining gʻarbiy qismida joylashgan. Katta Fargʻona kanali boʻyida. Konibodom temir yoʻl stanyasidan 6 km. Aholisi 48 ming kishi (2013-yil). Konibodom 1463-yildan Qandi Bodom deb tilga olinadi. Baʼzi adabiyotlarga koʻra, Konibodom 9—10-asrlardan maʼlum.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yengil (paxta tozalash, toʻqimachilik, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Badiiy hunarmandchilikning qadimdan markazi. Teatr, tarix-oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 16—17-asrlarga mansub 2 Madrasa, anʼanaviy oʻymakorlik va kitobali (bezak yozuvli) masjidlar saqlangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Агентство по статистике при Президенте Республики Таджикистан. „Численность населения Таджикистана на 1 января 20 1 3 года“ (ru) (2013-yil 1-yanvar). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2013-09-21 sanasida arxivlangan)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- История Канибадама (Wayback Machine saytida 2014-03-17 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |