Miokard infarkti
Miokard infarkti | |
---|---|
Chap koronar arteriya (LCA) bekilib qolishidan (1) keyingi old devor sohasidagi miokard infarkti (2) | |
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar | |
Ixtisos | Kardiologiya |
KXK-10 | I21-I22 |
KXK-9 | 410 |
DiseasesDB | 8664 |
MedlinePlus | 000195 |
eMedicine | med/1567 emerg/327 ped/2520 |
Patient UK | Miokard infarkti |
Miokard infarkti - bu yurak toj arteriyalarining tromb bilan berkilib qolishi yoki ularning siqilishi oqibatida, yurakni muskul qavatini qon bilan taʼminlanishini buzilishi natijasida yurak muskul qavatini nekrozga (mahalliy o‘lim) uchrashi. Bu kasallik bilan 45—60 yoshdagi kishilar kasallanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar, 40—50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal boʻlishadi[1]. Keyingi yillarda miokard infarkti kasalligi tobora ko‘payib boryapti. Ayniqsa, 45-60 yoshdagi kishilar o‘rtasida miokard infarkti ko‘p uchramoqda. Erkaklar ayollarga nisbatan miokard infarktiga ko‘p chalinadilar. 40- 50 yoshdagi erkaklar besh barobar ko‘p kasal bo'ladilar. Ayollar erkaklarga nisbatan o‘rta hisobda 10-15 yil kech kasal boiadilar. 40 yoshga toʻlmagan navqiron kishilar orasida ham miokard infarktiga uchraganlar ko‘p. Miokard infarkti aksariyat ateroskleroz, gipertoniya, qandli diabet bilan kasallanganlarda ko‘proq kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miokard infarkti 97-98 foiz bemorlarda yurak toj qon tomiri aterosklerozga chalinganda boiadi. Yurak toj qon tomirining tiqilib qolishiga aterosklerotik pilakchalaming yara boʻlishi, ularga qon quyilishi hamda qonning ivish jarayoni buzilishi sabab boiadi. Yurak toj qon tomirining o‘tkir siqilishi uzoq vaqt davom etsa, miokard infarkti ro‘y beradi. Qonsizlangan miokard infarkti uchastkalari simpatik nerv tolalarini qo‘zg‘atadi. Miokard infarktining rivojlanishiga aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga sabab boʻladi. Aterosklerotik pilakcha kapsulasining yorilishiga pilakcha yadrosining nisbatan kattaligi va uning «yumshoq» (hujayra tashqarisida lipidlarning va suyuq xolesterinning ko‘p boiib, kollagenning kamroqligi) boiishi, pilakcha kapsulasining yupqaligi va unda kollagen kamroq bolishi, unda makrofaglar ishtirokida yalligianish rivojlanganligi sabab boʻladi. Pilakcha yorilgandan so‘ng uning ichidagi moddalar qon bilan qo‘shilib trombotsitlar agregatsiyasi rivojlanadi. Qon ivishi tizimi omillari faollashadi. Fibrin, eritrotsitlar qo‘shilib yaxlit tromb hosil qiladi. Yurak toj tomirining bekilib qolishi miokardning qon bilan taʼminlanishini buzadi. Miokard nekrozi, ko‘proq chap qorincha devorida rivojlanadi. Miokarddagi nekroz tufayli yurakning sistolik va diastolik faoliyati buziladi.
Patologik anatomiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miokarddagi nekrozning katta-kichikligiga qarab miokard infarkti katta o ‘choqli yoki kichik oʻchoqli miokard infarktiga bo‘linadi. Katta bo‘lakchali miokard infarkti: transmural — miokardni kesib o‘tgan nekroz; intramural — miokard oralig‘idagi katta bo‘lakchali nekroz kuzatilishi mumkin. Kichik bo‘lakchali miokard infarktiga quyidagilar kiradi: subepikardial (nekroz miokardning epikardga tekkan joyida bo‘ladi), subendokardial (nekroz miokardning endokardga tekkan joyida bo‘ladi); miokard infarkti. Miokarddagi nekrozning joyiga qarab infarkt quyidagicha ataladi. Yurakning old devori, pastki orqa diafragmal uchi, orqa devori, yon devori va orqa — to‘siq devor infarkti. Miokard infarkti ko‘pincha yurakning chap qorincha devorida bo‘ladi. Yurakning o‘ng qorincha devorida infarkt juda kam uchraydi. Miokard infarkti birinchi navbatda chap qorinchaning oldingi devorida, so‘ng orqa devorida kuzatiladi. Miokard infarktidan o‘lgan kishilar yuragi tekshirilganda toj tomiri ateroskleroz kasalligi bilan ogʻriganligi aniqlanadi. Yurak miokardida uchta doira (zona)da o‘zgarish borligi ko‘riladi.
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bemorning miokard infarkti boshlanishidan oldingi ahvoli quyidagicha bo‘ladi: Bemor yuragi oldida ilgari bo‘lmagan tez-tez og‘riqni seza boshlaydi. Stenokardiyaning birlamchi xurujida: ilgari bo‘lib yurgan stenokardiya xuruji davomli, kuchli og‘riq bilan o‘tadi. Og‘riq xurujlari faqat zo‘riqqanda emas, balki tinch turganda ham boʻIaveradi. Nafas qisishi, hansirash, yurakning notekis urishi, holsizlik qo‘shiladi. Bunday bemor kardiologiya bo‘limiga yotqizib davolansa, unda miokard infarkti rivojlanmasligi, miokard infarkti sodir bo‘Igan taqdirda ham infarkt hajmi kichik o‘choqli bo‘lishi mumkin. Miokard infarktining boshlanishiga, undagi belgilarning rivojlanishiga qarab quyidagicha klinik xillami ajratish mumkin.
Miokard infarktining og‘riq bilan kechadigan xili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]O‘tkir davri. Miokard infarkti asosan yurak sohasida bo‘ladigan qattiq og‘riq bilan boshlanadi. Shu belgini tekshirgan olimlardan A. L. Sirkin (1991) 94% kasallarda, F.I.Komarov va boshqalar 86-95% kasallarda miokard infarkti og‘riq bilan boshlanadi, deb ko‘rsatishgan. O g‘riq kuchli bo‘ladi. Bemor ko‘pincha chidolmaydi. Baʼzan ogʻriqqa chidab, oʻzicha dori ichgan bemorlar ham bo‘ladi. Og‘riqni har xil taʼriflashadi. Baʼzilar «ko‘kragimga go‘yo qizigan temir bosishyapti» desalar, baʼzilar esa «go‘yo koʻkrak qafasimda ot tuyoqlari bilan turibdi» deydilar. Og‘riq uzoq — bir necha soatdan bir-ikki kungacha davom etadi.
Obyektiv maʼlumotlar: bemoming rang-ro‘yi oqaradi, terisi nam, sovuq, ho'l boiib, terlaydi. Nafas olishi o‘zgarmaydi. Yurak urishi bir daqiqada 100-120 marta bo'lishi mumkin. Arterial qon bosimi kasallikning boshlanishida birinchi kuni ozroq ko‘tariladi, keyin pasayadi. Yurak tonlari bo‘g‘iq eshitiladi. Ba’zi kasallarda yurak cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi, bular yurak mushaklarining qisqarish faoliyati kuchsizlanganidan dalolat beradi. Miokard infarktining birinchi kunlarida yurak oldi xaltasining quruq yalligianishida eshitiladigan shovqin eshitiladi. 90-95 foiz hollarda ekstrasistoliya boiadi. Miokard infarktining katta-kichik o'choqligiga qarab bemorning tana harorati 37-38° C gacha ko‘tariladi. Miokard infarktida yurakning mushak tolalari o‘rnida har xil nekrozga uchragan moddalar hosil bo'lib , qonga so‘riladi. Bunga javoban badanda yalligianishga xos jarayon rivojlanadi (qonda leykotsitlar, fermentlar ko‘payishi).
Miokard infarktining o ‘rtacha o‘tkir davri bir haftadan 30 kungacha davom etadi. Bemoming ahvoli yaxshilana boshlaydi, bemor xavf-xatarli kunlar o ‘tganini sezadi, yotgan joyida faolligi oshadi. Infarktdan keyingi stenokardiya xurujlari boiib turishi mumkin. Qon bosimi bir meʼyorda bo‘ladi.
Miokard infarktidan keyingi davr. Bemor ahvoli yaxshilanadi, faol yuradi, vaqti-vaqti bilan yurak atrofida og‘riq sezib qoladi, qon bosimi, pulsi meʼyorda boʻladi. Yurak urishlari bir tekis boʻlib, baʼzan ekstrasistoliya kuzatiladi. Umuman, bu davrda yurak ishemik kasalligining surunkali xili har xil kechadi. Asoratlar kam rivojlanadi. Yurak miokardidagi nekroz o‘choq oʻrnida asta-sekin chandiq paydo boiadi. Klinik manzarasi barqaror boiib, aseptik yalligʻlanish belgilari tugaydi. Bu davr 1 oydan 3 oygacha davom etadi.
Miokard infarktining gastralgik xili. Miokard infarktining qorin bo‘shlig‘i aʼzolari kasalligiga xos belgilari boigan (gastralgik) xili qorinning yuqori qismida og‘riq, koʻngil aynishi, qusish, kekirish, hiqichoq tutishi, qorinning dam boʻlishi, ich ketishi bilan kechadi. Qorin sohasida paydo boigan og‘riq kurakka, kuraklar oraligʻiga, to‘sh oldi qismiga tarqaladi, bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, ko‘ngli behuzur boiadi. (Meʼda yarasi, xolesistit, pankreatitdan farq qilish kerak.)
Miokard infarktining astmatik xili. Miokard infarkti 20% kasallarda, ko‘pincha qariyalarda, nafas yetishmasligi, hansirash bilan boshlanadi. Chap qorinchaning o‘tkir yetishmovchiligi bu holga olib keladi. Yurak astmasi, o‘pka shishi rivojlanadi. Ilgari bir marta infarktni boshdan o‘tkazgan, gipertoniya kasalligiga chalingan kishilarda yuqorida keltirilgan ahvol boʻladi. Kasallikning astmatik xili nihoyatda ogʻir kechib, yurak-tomirlar tizimining surunkali yetishmovchiligiga olib keladi. Bemorlarning 40-60% ida ko‘ngilsiz voqealar sodir boiadi.
Miokard infarktining aritmik xili hayot uchun xavfli bolʼib, yurakning notekis, maromsiz urishlari bilan boshlanadi. Titroq aritmiya, qorincha ekstrasistoliyasi, turli darajadagi blokadalar, paroksizmal taxikardiya, ko‘proq qorincha xili rivojlanishi mumkin. Miokard infarkti boshlanishi bilan xavfli aritmiyalar paydo boʻlib, bemorning ahvolini tang qilib qo‘yadi va ko‘pincha oʻlimga olib keladi. Yurakning notekis urishini bemor tez sezadi. U yurak urishi, ko‘kragiga tiqilishi, hansirash, holsizlikdan shikoyat qiladi.
Miokard infarktining serebrovaskulyar xili. Miokard infarktining miyada qon aylanishining buzilishi bilan kechadigan xili (serebral xili) boshlanishida bemorning psixikasi o‘zgaradi, boshi aylanadi, hushidan ketishi mumkin. Miyada qon aylanishining buzilishiga miokard infarkti tufayli yurak qonni hayot uchun zarur aʼzolarga yetkazib berolmasligi sabab boiadi. Miokard infarktining bu xili yurakning notekis urish xili bilan birga uchrashi mumkin.
Miokard infarktining belgisiz xili. Bemorlar baʼzan miokard infarktini boshdan o‘tkazganliklarini bilmaydilar. Boshqa sabab bilan EKGda tekshirilganda miokard infarkti o‘tkazilganligiga xos o‘zgarish (chandiq) topiladi. Baʼzan miokard infarktiga xos klinik belgilar juda kam boiadi. Har qachongidek yurak sohasida stenokardiya xurujiga
xos og‘riq, qisqa muddatli hansirash, bilinar-bilinmas bo‘shashish bo‘lib o‘tganini bemorlar eslab qololmaydilar. Keyinchalik EKGda tekshirilganda miokard infarkti aniqlanadi.
Uzoqqa cho‘zilgan miokard infarkti. Ko‘pincha miokard infarktining o‘tkir xuruji davri bir necha o‘n daqiqadan bir necha soatgacha, hatto 1-2 kungacha davom etadi. Baʼzan miokard infarktining o‘tkir davri bir necha kun bo‘ladi. Shu davrda nekroz doirasi miokardda tarqaladi, kattalashadi. Uzoqqa cho‘zilgan miokard infarktida esa nekroz o‘chog‘i paydo bo‘lib, rivojlanishi 48-72 soatga cho‘ziladi.
M iokard infarktining takrorlanishi. Miokard infarktini boshdan oʻtkazgan bemorlar infarkt bilan takroran kasal boiishlari mumkin. Takror infarkt deb, birinchi marta miokard infarktini o‘tkazgandan keyin 8-12 hafta ichida m iokardda paydo boʻladigan yangi nekroz o‘choqlariga aytiladi. A. L. Sirkin (1981) rivojlangan miokard infarktidan 72 soatdan keyin 8 hafta ichida sodir boiadigan yangi miokard infarkti o‘choqlarini takroriy miokard infarkti deb hisoblaydi. Takroriy miokard infarktiga chalingan bemorlarning ahvoli og‘ir boʻladi. Ularda yurak-tomirlar yetishmovchiligi, yurakning maromsiz urishi rivojlanadi.
Qiyosiy tashxisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shunday yurak-tomir kasalliklari borki, ular miokard infarktining klinik manzarasiga oʻxshab ketadi. Ularni yurak infarktidan ajrata bilish lozim. Aorta tomiri qavatlari orasiga qon quyilish kasalligida, to‘sh suyagi orqasida, koʻkrakning oldingi qismida og‘riq boʻlib, bu og‘riq bemorning beliga, qomiga, orqasiga tarqaladi. Og‘riqning shiddat bilan boshlanishi, tarqalishi miokard infarktidan farq qiladi. Tomir urishini paypaslab topib boʻlmaydi, panjalarining rangi koʻkimtir, qon bosimi tushib ketadi. Hansiraydi, hushidan ketadi. Dori-darmon yordam qilmaydi.
Miokard infarktining asoratlari.
I. Miokard infarktining oʻtkir davrida 10-15% kasallarda shok kuzatiladi. Yurak miokardi shikastlanishi tufayli shok uch xil boʻladi.
1. Reflektor.
2. Haqiqiy.
3. Aritmik yurakning maromsiz urishi tufayli.
Shok diagnozini qoʻyishda quyidagi belgilarga tayansa boʻladi:
1. Arterial qon bosimining past bo‘lishi, sistolik bosimning 80 mm simob ustuniga, diastolik bosiinning 50-40 mm sim. ust. ga teng yoki undan kam bo‘lishi, qon bosimi yuqori boigan kishilarda, qon bosimi shok boiganda 95-120 mm sim. ustuniga tushib ketishi. Arterial qon bosimi umuman aniqlanmasligi mumkin.
2. Puls qon bosimi 30 mm simob ustunidan tushib ketadi.
3. Siydik miqdori juda kamayib ketadi (oliguriya).
4. Bemorning yuz terisi, badani oqarib ketadi, sovuq yopishqoq ter chiqadi. Tomir urishi zo‘rg‘a aniqlanadi yoki aniqlanmaydi. Shok keltiruvchi sabablardan asosiysi yurak qisqarish
faoliyatining birdan yetishmovchiligidir. Miokard infarkti tufayli boʻlgan nekroz bunga sababchidir.
Davosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Miokard infarktining davosi maxsus tez yordam mashinalar brigadasida, shifoxonalarda, poliklinikada, sihatgohlarda o‘tkaziladi. Bemomi kasalxonaga keltirguncha unga tezlik bilan yordam ko‘rsatish zarur. Og‘riq qoldiruvchi, yurak urishi tezligini pasaytiruvchi dorilar qoʻllanadi. Bemor shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga yotqiziladi. O‘rinda qimirlamay yotish, psixik, jismoniy osoyishtalik taʼmin etiladi. Og‘riqni qoldirish uchun teri ostiga 1 ml 2% li promedol. 1-2 ml 1% li morfin (morfinning qo‘shimcha taʼsiriga yo‘l qo‘ymaslik uchun
0,5 ml 0,1 % li atropin sulfat) yuborish lozim. Morfinning kuchini oshiruvchi 1 ml 2,4% li pipolfen yoki 1% li dimedrol, suprastin eritmasini 50% li 2 ml analgin bilan yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi[2].
Yana qarang.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]MED24 Miokard infarkti - kasallik belgilari, diagnostika va davolash