Missuri universiteti
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Missuri universiteti — AQShdagi yirik universitetlardan biri. 1839-yil Kolumbiya shahrida tashkil etilgan. Kolumbiya, Roli, Kanzas-Siti, Sent-Luis shaharlarida joylashgan universitet shaharchakampuslari huquqidagi 4 mustaqil oʻquv yurtini birlashtiradi. Sanʼat va fan, muhandislik, pedagog, qishloq xoʻjaligi, tibbi-yot, veterinariya, jamiyatshunoslik va ijtimoiy munosabatlar, jurnalistika, huquq, kutubxonachilik, konchilik, metallurgiya va boshqa sohalar boʻyicha muta-xassislar tayyorlaydi. 54 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi va uning boʻlimlarida 1,6 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |