Norak ges
Norak GES | |
---|---|
Mamlakat | Tojikiston |
Joylashuvi | Sugʻd viloyati Guliston shahri |
Daryo | Vaxsh |
Kaskad | Vaxsh trakti |
Egasi | "Barqi Tojik" OAXK |
Maqomi | Amalda |
Qurilishi boshlangan yil | 1961 |
Agregatlar ishga tushgan yillar | 1972-1979 |
Asosiy tavsifi | |
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi | 11 200 |
Elektrostansiya turi | toʻgʻonli |
Qisman kuchlanish | 223 |
Elektr quvvati, MVt | 3000 |
Uskunalar tavsifi | |
Turbinalar soni | 9 |
Turbinalar soni va rusumi | radial-oʻqli (9×РО 310/957-В-475) |
Turbinalardan chiqish, m³/s | 9×155 |
Elektr generatorlar | 9×ВГСВФ 940/235-30 |
Generatorlar quvvati , megavatt | 8×335, 1×320 |
Asosiy inshoot | |
Toʻgʻon turi | tosh-tuproqli |
Toʻgʻon balandligi, m | 300 |
Toʻgʻon uzunligi, m | 714 |
Shlyuz | mavjud emas |
Taqsimlovchi qurilma | 220 kV, 500 kV |
Xarita | |
38°22′35.29″N 69°20′59.96″E / 38.3764694°N 69.3499889°E
Norak ges – Tojikistondagi eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri, Vaxsh daryosida, Norak shahri yaqinidagi Pulitangin darasida 1961-yildan qurila boshlagan. GESning loyiha quvvati 2700 MVt (300 MVtli 9 agregatdan iborat). 2 ta agregati 1972-yilda, oxirgi agregati 1979-yilda ishga tushirilgan. GES yiliga 11,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chikaradi. Tojikiston janubidagi sanoat majmualarini energiya bilan taʼminlaydi. GES suv ombori, toʻgʻon va elektr stansiyasidan iborat. GES toʻgʻoni balandligi 310 m dan ortiq (jahonda eng baland toʻgʻon). Bu toʻgʻon oʻrtacha 645 m³/sek suv oʻtkazadigan uskunalar bilan jihozlangan. GES 275 m suv bosimi ostida ishlaydi. Elektr energiyasi 500 va 220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari orqali Oʻrta Osiyo „Energiya“ birlashgan energetika tizimiga ulangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |