Kontent qismiga oʻtish

Ozarbayjon — Qozogʻiston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ozarbayjon — Qozogʻiston munosabatlari

Ozarbayjon

Qozogʻiston

Ozarbayjon — Qozogʻiston munosabatlari — Ozarbayjon va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ozarbayjonning Nur-Sultonda elchixonasi va Oqtovda konsulligi mavjud. Bokuda Qozog'istonning elchixonasi bor.

Koʻplab ozarbayjonlar va qozoqlar, shuningdek har ikki davlat rahbari ham oʻzaro munosabatlarni Ozar-qozoq qardoshligi deb atashadi va bir-birini ittifoqchi va qarindosh millat deb bilishadi[1].

Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgandan soʻng ikkala mamlakat ham oʻz mustaqilligini eʼlon qildi. Diplomatik munosabatlar 1992-yil 27-avgustda oʻrnatilgan. Ikkala davlat ham Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Turkiy Kengash, Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti, Islom konferensiyasi tashkiloti va Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo hisoblanadi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2005-yilda Ozarbayjonga eksport 129 million AQSh dollarini, Ozarbayjondan esa 3 million AQSh dollarini tashkil etgan. Tranzit transport koridorlari Ozarbayjon-Qozogʻiston munosabatlarining kalitidir[2].

2014-yilda TMTM Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasi tashkil etildi. Bugungi kunda „Qozogʻiston temir yoʻli“, „Turkiya davlat temir yoʻllari“, „Ozarbayjon temir yoʻllari“, „Gruziya temir yoʻllari“ ushbu qoʻmita tarkibiga kiradi. Bugungi kunda qoʻmita tarkibiga Qozogʻiston, Xitoy, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya, Ukraina, Polsha va Ruminiya davlatlari aʼzo[3].

Tovar aylanmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ozarbayjon va Qozogʻiston oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2016-yil oxirida 136,6 million AQSh dollarini tashkil etdi. 2015-yilga solishtirganda 7,9 foizga oshgan.

Qozogʻistondan Ozarbayjonga import: 105.9 million dollarni tashkil etgan boʻlsa, Ozarbayjondan Qozogʻiztonga import 33,8 million dollarni tashkil etdi.

Asosiy savdo manbalari neft, kimyoviy materiallar, mexanizm qismlari, qurilish materiallari hisoblanadi[4].

Mintaqaviy hamkorlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki davlat oʻrtasida 2016-yil davomida koʻplab shartnomalar imzolandi. Ikki mamlakat vakillari ishtirok etgan Qozogʻiston va Ozarbayjonda 3 yil ichida 10 dan ortiq forumlar oʻtkazildi[2] .

2015-yil oktabr oyida Ozarbayjon-Qozogʻiston biznes-forumi boʻlib oʻtdi[5] . Tadbir „Kaznex Invest“ tomonidan Ozarbayjon Savdo Palatasi bilan birgalikda tashkil etildi.