Kontent qismiga oʻtish

Palearktika oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Palearktika oblasti, Palearktika (yunoncha: palaios – qadimgi va arktros – shimoliy) – quruklik zoogeografiya oblasti. Yevropa, Shimoliy Afrika (jumladan, Saxroi Kabir), Arabiston yarim orol (janubdagi togʻliq qismidan tashqari), Osiyoning Hind va Yanszi daryolari hamda Himolay togʻlarigacha boʻlgan moʻtadil va sovuq iqlimli hududlarni oʻz ichiga oladi. Palearktika oblastiga Tinch okeandagi Komandor, Kuril, Saxalin va Yaponiya orollari; Atlantika okeanidagi Islandiya, Yashil Burun, Kanar, Madeyra va Azor orollari ham kiradi. Hayvonot dunyosi Nearktika oblastinikiga oʻxshaydi. Shuning uchun, koʻpchilik zoogeograflar palearktika va nearktika oblastlarini yagona Golarktika oblastiga birlashtirishadi. Palearktika oblasti Arktika, Sirkumboreal, Oʻrta dengiz boʻyi, Markaziy Osiyo va Xitoy-Himolay kichik oblastlariga ajratiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil