Paul Maurice
Paul Maurice | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
30-yanvar 1967-yil Sault Ste. Marie, Ontario, Kanada | ||
Hozirgi NHL murabbiyi | Florida Panthers | ||
Murabbiylik qilgan jamoalari |
Hartford Whalers Toronto Maple Leafs Carolina Hurricanes Winnipeg Jets | ||
Murabbiylik faoliyati | 1988—hozirgacha |
Paul Maurice (talaffuzi: Pol Moris) (1967-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik sobiq xokkeychi va murabbiy. Paul Maurice hozirgi kunda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Florida Panthers“ xokkey klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda. 2010-yilning 28-noyabrida Paul Maurice 43 yoshida NHL tarixidagi 1000 ta oʻyinni boshqargan eng yosh murabbiy boʻldi[1].
Dastlab Ontario xokkey ligasida (OHL) himoyachi boʻlgan Paul Maurice koʻzidan jarohat olishdan oldin toʻrt yil oʻsmirlar xokkey jamoalarida oʻynagan. Paul Maurice ilgari 1995-yildan 2003-yilgacha „Hartford Whalers“ va „Carolina Hurricanes“ va 2006-yildan 2008-yilgacha „Toronto Maple Leafs“ franshizasini boshqargan. 2008-yil 3-dekabrda Paul Maurice Peter Laviolette ishdan bo‘shatilgandan so‘ng, „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga qayta ishga qabul qilindi. 2011-yil 28-noyabrda Paul Maurice Kontinental xokkey ligasida (KHL) "Metallurg Magnitogorsk" xokkey klubiga murabbiylik qila boshladi. 2014-yil yanvar oyida Paul Maurice „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasiga murabbiy etib tayinlandi. 2021-yil dekabr oyida „Winnipeg Jets“ xokkey klubidan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, Paul Maurice 2022-yil iyun oyida „Florida Panthers“ xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Windsor Spitfires (1984—1988)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice 1984—1985-yillardagi mavsumdan Ontario xokkey ligasining (OHL) „Windsor Spitfires“ xokkey jamoasida oʻynay boshladi. Paul Maurice ushbu mavsumda klub safida 38 ta oʻyinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyingi mavsumda Paul Maurice „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 1985-yilgi NHL kirish loyihasida umumiy 252-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Paul Maurice 1985—1986-yillarda „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safida 56 ta oʻyinda maydonga tushdi va 13 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Paul Maurice 1986—1987-yilgi mavsumda „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safida oʻynashda davom etdi. Bu mavsumda Paul Maurice klub safida 63 ta oʻyinda maydonga tushib, 19 ochko toʻpladi.
Paul Maurice 1987—1988-yilgi mavsumni „Windsor Spitfires“ xokkey klubi bilan boshladi. Paul Maurice klub safida 32 oʻyinda maydonga tushib, besh ochkoga ega boʻldi. Koʻzining shikastlanishi natijasida Paul Maurice jamoani tark etishga majbur boʻldi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Paul Mauricega jamoa xoʻjayini Peter Karmanos almashtirilishi yoki jamoada yordamchi murabbiy boʻlish variantini bergan edi. Paul Maurice ikkinchi variantni tanlab, faoliyatini murabbiylikka qaratdi.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
1984—1985 | Windsor Compuware Spitfires | OHL | 38 | 0 | 3 | 3 | 47 | 4 | 0 | 0 | 0 | 19 | ||
1985—1986 | Windsor Compuware Spitfires | OHL | 56 | 3 | 10 | 13 | 89 | 16 | 0 | 2 | 2 | 8 | ||
1986—1987 | Windsor Compuware Spitfires | OHL | 63 | 4 | 15 | 19 | 87 | 14 | 2 | 1 | 3 | 18 | ||
1987—1988 | Windsor Compuware Spitfires | OHL | 32 | 1 | 4 | 5 | 33 | — | — | — | — | — | ||
OHL jami | 189 | 8 | 32 | 40 | 256 | 34 | 2 | 3 | 5 | 55 |
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Windsor Spitfires (1987—1990)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice oʻzining murabbiylik faoliyatini xokkeychi sifatida nafaqaga chiqqanidan soʻng, „Windsor Spitfires“ xokkey klubida yordamchi murabbiy sifatida boshladi. Paul Maurice bosh murabbiy Tom Webster qoʻl ostida ish boshladi. „Windsor Spitfires“ xokkey klubi 1987—1988-yilgi mavsumni 50-14-2 hisobida ligadagi eng yaxshi natija bilan yakunladi. Pley-offda „Windsor Spitfires“ xokkey klubi „Kitchener Rangers“, „Hamilton Steelhawks“ va „Peterborough Petes“ xokkey klublarini magʻlub etib, J. Ross Robertson kubogini qoʻlga kiritdi. Klub, shuningdek, 1988-yilgi Memorial kubogi yoʻllanmasini ham qoʻlga kiritdi.
Paul Maurice oʻzining birinchi toʻliq mavsumini 1988—1989-yillarda klub bilan oʻtkazdi. Oʻsha mavsumda klub 25-37-4 hisobini qayd etdi va 54 ochko toʻpladi. Shunga qaramay, jamoa pley-off bosqichiga chiqdi. Mavsumdan keyingi birinchi davrada „Windsor Spitfires“ xokkey klubi toʻrtta oʻyinda „Niagara Falls Thunder“ xokkey klubiga imkoniyatni boy berdi.
„Windsor Spitfires“ xokkey klubi 1989—1990-yillardagi mavsum uchun yangi bosh murabbiyga ega boʻldi. Chunki Tom Webster „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻlish uchun jamoani tark etdi va uning oʻrniga Brad Smith yangi bosh murabbiy sifatida ish boshladi.
Detroit Compuware Ambassadors/Detroit Jr. Red Wings (1990—1995)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice 1990-yilning yozida „Windsor Spitfires“ klubidagi yordamchi murabbiy sifatidagi ishini tark etib, „Detroit Compuware Ambassadors“ xokkey jamoasining egasi boʻlgan Peter Karmanos jamoasi safiga qoʻshildi. Paul Maurice klubga bosh murabbiy Andy Weidenbach qoʻl ostida yordamchi murabbiy sifatida ishga qabul qilindi.
1990—1991-yilgi mavsumda „Detroit Compuware Ambassadors“ xokkey klubi 27 ochko toʻpladi va Emms divizionida oxirgi oʻrinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.
„Detroit Compuware Ambassadors“ xokkey klubi 1991—1992-yillarda kurashni davom ettirdi. Shundan soʻng, klub yilni 23-42-1 hisobi bilan yakunladi va jamoa tarixida birinchi marta pley-off bosqichiga chiqdi. Mavsumdan soʻng, „Detroit Compuware Ambassadors“ xokkey klubi „Niagara Falls Thunder“ xokkey klubini magʻlub etishdi va ularni yettinchi oʻyingacha olib borishdi. Lekin yakunda imkoniyatni boy berishdi.
1992—1993-yillarda „Detroit Compuware Ambassadors“ xokkey klubi oʻz jamoasi nomini oʻzgartirib, „Detroit Jr. Red Wings“ klubiga aylandi. Paul Maurice yordamchi murabbiy sifatida qoldi. „Jr. Red Wings“ mavsumda oʻz rekordini 37-22-7 gacha yaxshiladi va 81 ochko toʻpladi. Ushbu mavsumda jamoa klub tarixida birinchi marta. 500 balldan yuqori natijani qayd etdi. Pley-offda klub „Detroit Sault Ste“ xokkey klubiga yutqazib qoʻydi.
1994—1995-yillarda „Jr. Red Wings“ xokkey klubi oʻz rekordini yana bir bor yaxshiladi. Chunki klub mavsumda 44-18-4 hisobida 92 ochko toʻplab, gʻarbiy divizionda birinchi oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, klub Bumbacco Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi. Mavsumdan keyingi pley-off oʻyinlarida „Detroit Jr. Red Wings“ xokkey klubi „London Knights“, „Peterborough Petes“ va „Sudbury Wolves“ xokkey klublarini magʻlub etib, J. Ross Robertson kubogi finalida oʻynadi. „Guelph Storm“ xokkey klubiga qarshi soʻnggi turda „Detroit Jr. Red Wings“ xokkey klubi oltita oʻyinda „Guelph Storm“ xokkey klubini magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, jamoa 1995-yilgi Memorial kubogi yoʻllanmasiga ham egalik qildi.
Hartford Whalers / Carolina Hurricanes (1995—2004)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice yaqinda „Detroit Jr Red Wings“ xokkey klubi egasi Peter Karmanos tomonidan sotib olingan „Hartford Whalers“ xokkey jamoasiga bosh murabbiy Paul Holmgren qoʻl ostida yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi. Keyinchalik, Paul Holmgren ishdan boʻshatilib, Paul Maurice bosh murabbiylik lavozimiga koʻtardilar. 28 yoshida Paul Maurice Milliy xokkey ligasi tarixidagi eng yosh (1979-yilda „Washington Capitals“ xokkey klubini boshqarganida 26 yoshli Gary Greendan keyin ikkinchi eng yosh murabbiy) murabbiylardan biriga aylandi.
„Hartford Whalers“ franshizasi 1997—1998-yillarda Shimoliy Karolina shtatining Raleigh shahriga koʻchib oʻtdi va klub nomi „Carolina Hurricanes“ deb oʻzgartirildi. Paul Maurice klub bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini davom ettirdi.
Toronto Marlies (2005—2006)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yil 24-iyunda Paul Maurice "Toronto Maple Leafs " xokkey klubining Amerika xokkey ligasi (AHL) filiali „Toronto Marlies“ xokkey klubining bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Paul Maurice 'Toronto Marlies" xokkey klubni 41-29-6-4 hisobidagi natija bilan pley-offga olib chiqdi. Mavsumdan keyingi pley-off oʻyinlarida 'Toronto Marlies" xokkey klubi birinchi turda „Grand Rapids Griffins“ xokkey jamoasini magʻlub etdi. 2006-yil 12-mayda Paul Maurice „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bosh murabbiyi lavozimiga koʻtarildi.
Toronto Maple Leafs (2006—2008)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice 2006—2007-yilgi mavsumda, klub 2005—2006-yilgi mavsumida pley-offga chiqa olmagani va Pat Quinnni oʻz vazifasidan ozod qilganidan keyin. „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bosh murabbiyi boʻldi[2][3]. „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubidagi oʻzining birinchi mavsumida Paul Maurice klubni 91 ochko bilan 40-31-11 rekordiga olib chiqdi. Lekin klub pley-offga chiqa olmadi.
2008-yil 7-mayda Paul Maurice „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubining vaqtinchalik bosh direktor Cliff Fletcher tomonidan ishdan boʻshatildi[4].
Carolina Hurricanes safiga qaytish (2008—2012)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice 2008-yil 3-dekabrda, klub bosh murabbiy Pieer Lavioletteni ishdan boʻshatgilandan soʻng, „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safia qoʻshildi.[5]. Paul Maurice qoʻl ostida „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi 2008—2009-yilgi mavsumda pley-off bosqichiga chiqdi. Pley-off bosqichida 'Carolina Hurricanes" xokkey klubi „New Jersey Devils“ va „Boston Bruins“ xokkey klublarini magʻlub etib, konferensiya finaliga chiqdi. Uchinchi raundda „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubiga qarshi oʻyinda 'Carolina Hurricanes" xokkey klubi magʻlub boʻldi. Yakunda „Pittsburgh penguins“ xokkey klubi Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.
Metallurg Magnitogorsk (2012—2013)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil 8-iyun kuni Paul Maurice 2012—1203-yilgi mavsum uchun Kontinental Xxkkey Llgasi (KHL) M vakili agnitogorskning M"etallurg Magnitorsk" xokkey jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilindi.[6]. Maurice qoʻl ostida „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey klubi 27-13-12 muntazam mavsumdan soʻng, Sharqiy konferensiyada toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Pley-offda klub birinchi davradagi 7 ta oʻyinda „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey klubiga yutqazdi. Mavsumdan soʻng, Paul Maurice oilasiga yaqinroq boʻlish uchun Shimoliy Amerikaga qaytib keldi[7].
Winnipeg Jets (2014—2021)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 12-yanvarida Paul Maurice „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi[8]. 2014-yilning 16-aprelida Paul Maurice klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[9].
2015—2016-yilgi mavsumda „Winnipeg Jets“ xokkey klubi 78 ochko toʻpladi va pley-offga chiqa olmadi.
2017-yil 20-oktyabrda Paul Maurice NHL bosh murabbiyi sifatidagi 600-o‘yinida g‘alaba qozondi va bu muvaffaqiyatga erishgan 17-murabbiyga aylandi[10].
2017—2018-yilgi mavsumda Paul Maurice „Winnipeg Jets“ xokkey klubini Gʻarbiy konferensiya finaliga olib chiqdi[11].
2020-yil 12-fevralda Paul Maurice 'Winnipeg Jets" xokkey klubi bilan koʻp yillik shartnoma imzoladi[12].
2021-yil 17-dekabrda Paul Maurice „Winnipeg Jets“ xokkey klubi bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqdi. Yordamchi murabbiy Deae Louwy vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimini egalladi.[13][14].
Florida Panthers (2022-yildan hozirgi kungacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 22-iyun kuni Paul Maurice vaqtinchalik bosh murabbiy Andrew Brunette o‘rniga „Florida Panthers“ xokkey klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi[15].
Xalqaro murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul Maurice xokkey boʻyicha 2016-yilgi Jahon kubogida Yevropa jamoasida bosh murabbiy Ralph Krueger qoʻl ostida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan[16].
Bosh murabbiylik natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]NHL
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Muntazam mavsum | Mavsumdan keyin | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Uy oʻyinidagi gʻalaba | Safardagi
gʻalaba |
Ochko | Natija | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Galaba % da | Natija | |||
HFD | 1995—1996 | 70 | 29 | 33 | 8 | — | 66 | 5-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | |
1996—1997 | 82 | 32 | 39 | 11 | — | 75 | 5-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
CAR | 1997—1998 | 82 | 33 | 41 | 8 | — | 74 | 6-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | |
1998—1999 | 82 | 34 | 30 | 18 | — | 86 | 1-oʻrin | 2 | 4 | .333 | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi (BOS) | ||
1999—2000 | 82 | 37 | 35 | 10 | 0 | 84 | 3-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2000—2001 | 82 | 38 | 32 | 9 | 3 | 88 | 2-oʻrin | 2 | 4 | .333 | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi (NJD) | ||
2001—2002 | 82 | 35 | 26 | 16 | 5 | 91 | 1-oʻrin | 13 | 10 | .333 | Stanley kubogi finalida magʻlub boʻldi (DET) | ||
2002—2003 | 82 | 22 | 43 | 11 | 6 | 61 | 5-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2003—2004 | 30 | 8 | 12 | 8 | 2 | (26) | — | — | — | — | — | ||
TOR | 2006—2007 | 82 | 40 | 31 | — | 11 | 91 | 3-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | |
2007—2008 | 82 | 36 | 35 | — | 11 | 83 | 5-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
CAR | 2008—2009 | 57 | 33 | 19 | — | 5 | 71 | 2-oʻrin | 8 | 10 | .444 | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi (PIT) | |
2009—2010 | 82 | 35 | 37 | — | 10 | 80 | 3-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2010—2011 | 82 | 40 | 31 | — | 11 | 91 | 3-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2011—2012 | 25 | 8 | 13 | — | 4 | (20) | — | — | — | — | — | ||
WPG | 2013—2014 | 35 | 18 | 12 | — | 5 | 41 | 7-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | |
2014—2015 | 82 | 43 | 26 | — | 13 | 99 | 5-oʻrin | 0 | 4 | .000 | Birinchi bosqichda magʻlub boʻldi(ANA) | ||
2015—2016 | 82 | 35 | 39 | — | 8 | 78 | 7-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2016—2017 | 82 | 40 | 35 | — | 7 | 87 | 5-oʻrin | — | — | — | Pley-offda qatnashmadi | ||
2017—2018 | 82 | 52 | 20 | — | 10 | 114 | 2-oʻrin | 9 | 8 | .529 | Konferensiya finalida magʻlub boʻldi (VGK) | ||
2018—2019 | 82 | 47 | 30 | — | 5 | 99 | 2-oʻrin | 2 | 4 | .333 | Birinchi bosqichda magʻlub boʻldi(STL) | ||
2019—2020 | 71 | 37 | 28 | — | 6 | 80 | 5-oʻrin | 1 | 3 | .250 | Saralash bosqichida magʻlub boʻldi (CGY) | ||
2020—2021 | 56 | 30 | 23 | — | 3 | 63 | 3-oʻrin | 4 | 4 | .500 | Ikkinchi bosqichda magʻlub boʻldi (MTL) | ||
2021—2022 | 29 | 13 | 11 | — | 5 | (31) | — | — | — | — | — | ||
Jami | 1,685 | 775 | 681 | 99 | 130 | 41 | 51 | .446 | 9 ta pley-off oʻyini |
Boshqa oʻyinlar natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Muntazam mavsum[17][18] | Mavsumdan keyingi | ||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Safar uchrashuvidagi gʻalaba | Safar uchrashuvidagi magʻlubiyat | Ballar | Ballar % da | Natija | Gʻalaba | Magʻlubiyat | Gʻalaba % da | Natija | |||
Detroit Junior Red Wings | 1993—1994 | OHL | 66 | 42 | 20 | 4 | 0 | 88 | . 667 | 1-oʻrin | 11 | 5 | . 688 | Finalda magʻlub boʻldi |
1994—1995 | OHL | 66 | 44 | 18 | 4 | 0 | 92 | . 697 | 1-oʻrin | 16 | 2 | . 889 | Chempionat gʻolibi | |
Toronto Marlies | 2005—2006 | AHL | 80 | 41 | 29 | — | 10 | 92 | . 575 | 4-oʻrin | 0 | 4 | . 000 | Birinchi raundda magʻlub boʻldi |
Magnitogorsk Metallurg | 2012—2013 | KHL | 52 | 27 | 13 | — | 12 | 93 | . 596 | 3-o‘rin | 3 | 4 | . 429 | Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi |
Jami KHL | KHL | 52 | 27 | 13 | — | 12 | 93 | . 596 | — | 3 | 4 | . 429 | 1 ta pley-off uchrashuvi | |
AHL jami | AHL | 80 | 41 | 29 | — | 10 | 92 | . 575 | — | 0 | 4 | . 000 | 1 ta pley-off uchrashuvi | |
OHL jami | OHL | 132 | 86 | 38 | 8 | — | 180 | . 682 | — | 27 | 7 | . 794 | 2 ta pley-off uchrashuvi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Carolina Hurricances at Washington Capitals game recap“. ESPN.com. Qaraldi: 2014-yil 8-mart.
- ↑ „Maple Leafs fire Pat Quinn | CBC Sports“.
- ↑ „Maple Leafs hire Maurice as coach“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 21-may.
- ↑ „Paul Maurice fired as Leafs head coach“ (2008-yil 7-may).
- ↑ „Maurice, Hurricanes one of NHL's surprise second-half stories“.
- ↑ „Ex-Hurricanes, Leafs coach Maurice goes to KHL“ (2012-yil 8-iyun).
- ↑ „Ex-Leafs, 'Canes coach Maurice to leave KHL Metallurg“ (2013-yil 10-aprel).
- ↑ Tait, Ed. „Jan 2014: Jets fire Noel, hire Paul Maurice“. Winnipeg Free Press (2014-yil 12-yanvar).
- ↑ „Winnipeg Jets agree to extension with Paul Maurice“.
- ↑ Owen, Judy. „Blake Wheeler's 200th NHL goal lifts Jets over Minnesota Wild“. The Globe and Mail (2017-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 22-oktyabr.
- ↑ Hobson. „Winnipeg Jets' playoff run ends with 4th straight loss to Vegas Golden Knights“. Global News (2018-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 25-may.
- ↑ „Winnipeg Jets head coach Paul Maurice signs multi-year extension“. NHL.com (2020-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 14-fevral.
- ↑ Klinkenberg, Marty. „Paul Maurice steps down unexpectedly as the Winnipeg Jets' head coach“. The Globe and Mail (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
- ↑ Press. „Maurice resigns as Jets head coach, Lowry to coach out season - TSN.ca“. TSN (2021-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
- ↑ „Florida Panthers Name Paul Maurice Head Coach“. NHL.com (2022-yil 22-iyun). Qaraldi: 2022-yil 22-iyun.
- ↑ „Maurice, Krueger reunite on Team Europe staff“. NHL.com. Qaraldi: 2017-yil 23-mart.
- ↑ „Paul Maurice“. Hockey-Reference.com. Qaraldi: 2014-yil 8-mart.
- ↑ „Paul Maurice“. HockeyDB.com. Qaraldi: 2014-yil 8-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eliteprospects.com yoki Internet Hockey Databasedagi shaxsiy maʼlumotlari va faoliyat statistikasi
Oʻtmishdoshi: Paul Holmgren |
"Hartford Whalers" xokkey klubi bosh murabbiyi 1995—1997 |
Vorisi: Karolina shahriga franchiza ko'chirildi |
Oʻtmishdoshi: Hartford shahriga franchiza ko'chirildi |
"Carolina Hurricanes" xokkey klubi bosh murabbiyi 1997—2003 |
Vorisi: Peter Laviolette |
Oʻtmishdoshi: Pat Quinn |
"Toronto Maple Leafs" xokkey klubi bosh murabbiyi 2006—2008 |
Vorisi: Ron Wilson |
Oʻtmishdoshi: Peter Laviolette |
"Carolina Hurricanes" klubi bosh murabbiyi 2008—2011 |
Vorisi: Kirk Muller |
Oʻtmishdoshi: Claude Noël |
"Winnipeg Jets" xokkey klubi bosh murabbiyi 2014—2021 |
Vorisi: Dave Lowry (vaqtinchalik) |
Oʻtmishdoshi: Andrew Brunette (vaqtinchalik) |
"Florida Panthers" xokkey klubi bosh murabbiyi 2022-yildan hozirgacha |
Vorisi: — |