Qunduz xonligi
Qiyofa
Qunduz xonligi — Shimoliy Afgʻonistonda mavjud boʻlgan oʻzbek davlati (18—19-asrlar). Xonlik hududiga, shuningdek, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi ayrim viloyatlar (Koʻlob, Qubodiyon) ham kirgan. Poytaxti Qunduz shahri boʻlgan. 19-asrning 20-yillarida Murodbek davrida nihoyatda kuchaygan. 19-asrning 50-yillarida afgʻon amiri Doʻstmuhammad tomonidan boʻysundirilgan. Qunduz xonligi hukmdorlari Qatagʻon urugʻidan boʻlib, oʻzbek urugʻlari tarkibiga kiradi. Qunduz Qoʻqon xonligi hamda Buxoro amirligi bilan har tomonlama aloqalar oʻrnatgan hamda oʻzaro ittifoqdosh boʻlgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |