Septet
Qiyofa
Septet (lot. septetn — yetti) — 1) yetti ijrochi (sozanda yoki xonanda)dan iborat ansambl. Cholgʻu S. koʻpincha aralash tarkibiga ega boʻlib, torli, puflama musiqa cholgʻulari, fortepianodan tashkil topadi; 2) shu ansambl ijrosiga moʻljallangan musiqa asari. Operada, odatda, final sahnalarida uchraydi (mas, V. Motsartning "Figaroning uylanishi" operasining 2akt finalidagi S). Cholgʻu S. kamer musika turi boʻlib, syuita, baʼzida sonata turkumi shaklida yoziladi (L. Betxoven, P.Xindemit, I. Stravinskiy S.lari).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |