Kontent qismiga oʻtish

Sighișoara

Koordinatalari: 46°13′1″N 24°47′28″E / 46.21694°N 24.79111°E / 46.21694; 24.79111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sighișoara

Sighișoara
Munitsipal shahar
Skyline of Sighișoara
Sighișoara
Gerb
46°13′1″N 24°47′28″E / 46.21694°N 24.79111°E / 46.21694; 24.79111
Mamlakat Ruminiya
Okrug Mureș
Hukumat
 • mayor Iulian Sîrbu[1]
Sighișoara xaritada
Sighișoara
Sighișoara

Sighișoara (rumincha: [siɡiˈʃo̯ara]; veng.: Segesvár [ˈʃɛɡɛʃvaːr] (nemischa: Schäßburg [ˈʃɛsbʊʁk]; Transilvaniya saksonchasi: Schäsbrich ; idishcha: שעסבורג; lotincha: Castrum Sex) Ruminiyaning Mureş okrugidagi Târnava Mare daryosi boʻyida joylashgan shahardir. Transilvaniya tarixiy hududida joylashgan Sighisoara 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 28,102 aholiga ega. YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, yaxshi saqlangan devor bilan oʻralgan eski shahar mashhur sayyohlik maskanidir. Shahar yetti qishloqni boshqaradi: Angofa, Aurel Vlaicu, Hetiur, Rora, Șoromiklea, Venchi va Viilor. Sighisoara 1918-yilgacha Vengriya qirolligi tarkibida boʻlgandi.

Sigișoaradagi koʻcha

XII asrda Transilvaniya sakslari nomi bilan tanilgan nemis hunarmandlari va savdogarlari Vengriya qiroli tomonidan oʻz saltanatining chegarasini oʻrnatish va himoya qilish uchun Transilvaniyaga taklif qilingan. Solnomachi Krauss 1191-yilga kelib hozirgi Sighisoaradagi sakson aholi punktini keltirib oʻtadi.  1280-yil hujjatida Rim qal’asi oʻrnida qurilgan shahar Castrum Sex yoki „olti qirrali lager“ sifatida qayd etilgan, bu qal’aning tartibsiz olti burchakli shakliga ishora qiladi[2]. Shaharning yana boshqa Schaäsburg (1282), Schespurg (1298) va Segusvar (1300) kabi nomlari ham manbalarda eslab oʻtilgan[3]. 1337-yilga kelib Sighisoara qirollik markaziga aylandi, 1367-yilga kelib shaharchaga Civitas de Segusvar shahar maqomi berildi.

Shahar bir necha asrlar davomida Markaziy Yevropaning chekkasi muhim strategik va tijorat shahri rolini oʻynagan. Sighisoara Transilvaniyaning eng muhim shaharlaridan biriga aylandi, bu shaharchaga Muqaddas Rim imperiyasining barcha hunarmandlari tashrif buyurishdi. Nemis hunarmandlari shaharda hukmronlik qildilar, shuningdek, uni himoya qiluvchi istehkomlar ham qurdilar. Taxminlarga koʻra, XVI—XVII asrlarda Sighisoarada 15 ta gildiya va 20 ta hunarmandchilik filiallari boʻlgan. Shaharda barokko haykaltaroshi Elias Nicolae yashagan. Shaharda surgunda yashagan Valaxiya voevodi Vlad Dracul (Vlad Impalerning (Dracula) otasi) shaharda tangalar zarb qilgan (aslida tangalar Vengriya qirollarining monopoliyasi ostida edi) va shaharning rumincha Sighișoara nomi koʻrsatilgan birinchi pulni chiqargan. Rumincha nomi vengercha Segesvár dan olingan boʻlib, birinchi marta 1435-yilda tasdiqlangan[2][3].

Hermann Oberth maydoni, XX asrda

Shahar 1631-yilda George I Rakoczining Transilvaniya shahzodasi va Vengriya qiroli etib saylanadigan joy sifatida belgilandi. Sighisoara XVII—XVIII asrlarda harbiy ishgʻol, yongʻinlar va vabolardan ancha aziyat chekdi. 1606—1666-yillardagi shahar notariusi Georg Krausning yozuvlari XVII asr Transilvaniya tarixi uchun muhim manba hisoblanadi[4].

1849-yil 31-iyulda yaqin atrofdagi Albeşti tekisligida Segesvar jangi boʻlib, u yerda Jozef Bem boshchiligidagi inqilobiy Vengriya armiyasi Luders boshchiligidagi rus armiyasi tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. 1852-yilda jangda halok boʻlgan rus generali Skaryatinga haykal qoʻyilgan. Vengriya shoiri Sandor Petőfi jangda halok boʻlgan deb ishoniladi va 1897-yilda Albeştida uning sharafiga yodgorlik qurilgan. Birinchi jahon urushidan keyin Sighișoara Transilvaniya bilan birga Avstriya-Vengriyadan Ruminiya Qirolligiga oʻtdi.

Markaziy Sighisoarada oʻrta asrlar mustahkamlangan kichik shaharning xususiyatlarini namunali tarzda saqlab qolgan hisoblanadi. Shahar UNESCO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Har yili iyul oyida eski qal’ada Oʻrta asr festivali boʻlib oʻtadi.

Shaharning Villa Frankadan koʻrinish

Sharqiy Yevropada Sighisoara hali ham istiqomat qiladigan kam sonli mustahkam shaharlardan biridir. Shahar ikki qismdan iborat. Oʻrta asr qal’asi tepalik tepasida qurilgan va Citadel (Cetatea) nomi bilan mashhurdir. Quyi shahar Tarnava Mare daryosi vodiysida joylashgan.

Sighisoara qal’asi ichidagi uylar hunarmandlar shaharchasining asosiy xususiyatlarini koʻrsatadi. Biroq, sobiq patritsiatga tegishli boʻlgan baʼzi venetsiyacha va antlersli uylar ham bor.

2001 va 2003-yillar orasida Sigisoara yaqinidagi Braite tabiat qoʻriqxonasida Dracula tematik parki qurilishi koʻrib chiqildi, ammo oxir-oqibatda mahalliy fuqarolik jamiyati guruhlari, milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari, shuningdek, siyosiy nufuzli shaxslarning qarshiligi sababli rad etildi. Chunki ushbu park shaharning oʻrta asr uslubini buzgan va qoʻriqxonani vayron qilgan boʻlar edi.

Demografiyasi va nomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholining oʻsishi
YilAholi±%
191010 913—    
193013 033+19.4%
194818 284+40.3%
195620 363+11.4%
196625 109+23.3%
197733 208+32.3%
199236 170+8.9%
200232 287−10.7%
201128 102−13.0%

2011-yilda etnik guruhlar[5]:

  • Ruminlar (75 %)
  • Vengerlar (17,6 %)
  • Roman loʻlilar (5,3 %)
  • Nemislar (1,5 %)

Shahar nomining 3 tildagi koʻrinishi:

Rumin tilida Nemis tilida Venger tilida
Sighisoara Schäßburg Segesvar
Angofa Ungefug Angofa
Aurel Vlaicu Haufan
Hetiur Marienburg bei Schäßburg Hétur
Rora Rohrau Rora
Șoromiclea
Venchi Wench Venk
Viilor Kulturberg Szőlőskert

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sighisoara yaxshi saqlangan devor bilan oʻralgan eski shahar bilan mashhur sayyohlik maskani boʻlib, u ham YuNESKO tomonidan Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Citadelning asosiy diqqatga sazovor joylari, albatta, minoralardir.

Qadimgi harbiy arxitektura yozuvlariga koʻra, mudofaa minoralari oʻzaro mudofaa uchun istehkom tizimi boʻlishi kerak edi va shu bilan birga, har bir minora mustaqil qal’a boʻlishi kerak edi. Ushbu minoralarning aksariyati ichi boʻsh boʻlib, liftlar va yer osti galereyalari bilan jihozlangan.

  • Sighisoara soat minorasi (Turnul cu Ceas) — shaharning diqqatga sazovor joyi 13-asrda qurilgan 64 m balandlikdagi minoradir. Bugungi kunda bu tarix muzeyi.
  • Qalaylar minorasi (Turnul Cositorarilor)
  • Qassoblar minorasi (Turnul Măcelarilor)
  • Etikchilar minorasi
  • Tikuvchilar minorasi (Turnul Croitorilor)
  • Moʻynachilar minorasi (Turnul Cojocarilor)
  • Temirchilar minorasi (Turnul Fierarilor)
  • Arqonchilar minorasi (Turnul Frânghierilor)
  • Koʻnchilar minorasi (Turnul Tăbăcarilor)
  • Face minorasi — qoʻrgʻondan tashqarida, Târgu Muresga boradigan yoʻldagi minora, ammo oʻzining hikoyasi tufayli hali ham tashrif buyurishga arzirli.
  • Biserica din Deal — shubhasiz, shaharning eng qimmatli meʼmoriy yodgorliklaridan biri boʻlib, Ruminiya gotika koʻrinishidagi binolaridan biri boʻlgan.
  • Biserica Mânăstirii Dominicane — Gotika uslubidagi meʼmoriy yodgorlik boʻlib, u soat minorasi yaqinida joylashgan boʻlib, XIII asr boshlarida qurilgan. Bu qoʻngʻiroqsiz yagona cherkov: buning sababi shundaki, sakslar cherkov uchun unchalik koʻp pul sarflamagan va bitta qoʻngʻiroq, yaʼni tepalikdagi cherkovning qoʻngʻirogʻi butun shahar uchun yetarli deb oʻylashgan.
  • Avliyo Joseph rim-katolik cherkovi
  • Biserica Leproșilor
  • Sighisoara pravoslav sobori (Catedrala Ortodoxă)
  • Qadimgi pravoslav cherkovi

Fuqarolik arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahardagi kamida 300 yildan beri mavjud boʻlgan 164 ta uyning aksariyati tarixiy obidalar hisoblanadi : toʻrtburchak rejali shahar maydoni, vaqt oʻtishi bilan koʻplab oʻzgarishlarni boshdan kechirgan boʻlsa-da, bu yerda bir vaqtlar shaharning zodagon oilalari yashagan. Eng yaxshi uylar asl shaklini saqlab qolgan uylardir.

Strada 1-dekabr, 1918-yil, XX asr
  • Casa de pe stâncă
  • Evert — yoshlar uchun millatlararo taʼlim markazi uchun hunarmandlar uchun moʻljallangan.
  • Casa Venețiană
  • Vlad Draculning uyi
  • Sighisoara shahar hokimiyati
  • Sighisoara mehmonxona majmuasi — 1886—1889-yillar oraligʻida qurilgan shahar hokimiyati qarorgohi edi.
  • Togʻdagi maktab
  • Casa cu Cerb
  • Piața Cetăți
  • Casa Asociatiei Mestesugaresti (La Perla)
  • Joseph B. Teusch binosi (Markaziy bogʻ mehmonxonasi)

Taniqli mahalliy aholi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Transilvaniya Buyuk Gertsogligidagi Sighisoara xaritalari, 1769—1773-yillar. Josephinische Landesaufnahme
  • Johann Michael Ackner, Transilvaniya sakson arxeologi
  • Doina Cojocaru, gandbolchi
  • Friedrich Grünanger, arxitektor
  • Ralph Gunesch, -Missing required parameter 1=''month''!, 2006-yil(2006-Missing required parameter 1=month!-00) holatiga koʻra nemis futbolchisi
  • Adrian Ivanitchi, xalq gitaristi
  • Johannes Kelpius, nemis ziyolisi, musiqachisi va tasavvufchisi, XVII asr oxirida Amerikaning Pensilvaniya koloniyasiga koʻchib kelganida diniy jamoaga asos solgan.
  • Gabriel Mureşan, futbolchi
  • Marie Stritt, nemis feministi va sufragist
  • Georg Daniel Teutsch, lyuteran yepiskopi
  • Vlad III Ipaler, Valaxiya shahzodasi, xayoliy vampir graf Dracula uchun ilhom boʻlgan.
  • Radu Voina, sobiq gandbolchi, hozirda murabbiy

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sighisoara bilan birodarlashgan shaharlar

  • Venger ekzonimlari roʻyxati (Mureş okrugi)
  1. „Results of the 2020 local elections“. Central Electoral Bureau. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 Adrian Room, Placenames of the World, p.347.
  3. 3,0 3,1 Cristian Tălângă (ed.
  4. Erdélyi krónika 1608-1666 (Wayback Machine saytida 2022-10-26 sanasida arxivlangan) (in Hungarian)
  5. „2011 census data“. 26-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.
  6. „Miasta partnerskie – Zamość“ (polyakcha). Urząd Miasta Zamość. 28-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2022-yil.