Xor musiqasi
Xor musiqasi – musiqa turi; xor ijrosi uchun moʻljallangan musiqa asarlaridan iborat. Xalq va professional, diniy va dunyoviy xor musiqasiga ajratiladi. Professional Xor musiqasida messa, motet, madrigal, kantata, oratoriya, rekviyem kabi janrlar mavjud. Oʻzbekistonda Xor musiqasi 1930-yillarda yuzaga kelgan. Ilk namunalari oʻzbek xalq qoʻshiqlarining xor aranjirovkalari (mas, Yelena Romanovskayaning „Paxta teradi“), oʻzbek musiqali drama va ilk oʻzbek operalaridagi xorlardan iborat. Mustakil Xor musiqasi asarlari (kantata, oratoriya va boshqalar) 1940—60 yillarda rivoj topdi (Sulaymon Yudakov, M. Ashrafiy, Ik. Akbarov, M. Burhonov va boshqalar). Keyingi yillarda oʻzbek va boshqa xalk kuylarini kayta ishlash janrida M. Burhonov. S. Boboyev, B. Umidjonov, N. Sharafiyeva va boshqa samarali ijod qilishgan. M. Bafoyev, B. Lutfullayev, H. Rahimov, Feliks Yanov-Yanovskiy, N. Gʻiyosov, D. Omonullayeva va boshqa oratoriya, poema, kantata, xor simfoniyasi va boshqa turkumli asarlar yaratishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |