Kontent qismiga oʻtish

Doʻstmuhammadxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻstmuhammadxon (1790/93 -1863) - afgʻon amiri (1834-40, 1842-63), barakzoilar sulolasining asoschisi. Durroniylar davlati yemirilgach, Gʻazna va Kobul amiri (1834). Afgʻon yerlarini birlashtirish maqsadida mayda xonliklarga qarshi kurashgan. Inglizlar va afgʻonlar oʻrtasidagi urushda asir tushgan (1840 y. oxiri), Hindis-tonga surgun qilingan. 1842 yilda inglizlar urushda yengilgach, D.ni ozod qilishga majbur boʻlgan. D. qayta Af-gʻoniston taxtiga chiqqan. 1855—63 yillarda Qandahor, Hirot va mayda xonliklar (Oqcha, Qunduz, Xulm) ni oʻz davlatiga qoʻshib olgan. D. hukmronligi yillarida Afgʻoniston hozirgi chegarasigacha kengaygan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil