Kontent qismiga oʻtish

Olovli salamandra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olovli salamandra
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Suvda va quruqlikda yashovchilar
Infrasinf: Batrachia
Turkum: Umurtqalilar
Oila: Salamandralar

Ushbu tur tarqalgan hududlar xaritasi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya

Olovli salamandra[1]yoki dogʻli (oddiy) salamandra[1][2] (lotincha: Salamandra) – dumli amfibiyalar turkumidagi salamandralar turkumiga mansub hayvon turi. Yevropadagi eng mashhur salamandra turlaridan biri va Salamandridae oilasining eng katta vakili. Olovli salamandralar yorqin qora va sariq rangga ega. Ular uzoq umr koʻrishadi. Bu tur birinchi marta 1758-yilda shved tabiatshunosi Carl Linnaeus tomonidan tasvirlangan.

Tarqalish hududi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olovli salamandra Gʻarbiy, Janubiy va Markaziy Evropaning koʻp qismidagi oʻrmonlar va tepalikli yerlarda, shuningdek Yaqin Sharqning shimoliy qismida yashaydi.

Tarqalish maydonining gʻarbiy chegarasi Portugaliya, sharqiy va shimoliy Ispaniya, shuningdek, Fransiya hududlarini qamrab oladi.

Tarqalish maydonining shimoliy chegarasi Germaniyaning shimoliy qismi va Polshaning janubiga yetib boradi. Sharqiy chegara Ukraina Karpatlari, Ruminiya, Bolgariya va Eron hududigacha yetib boradi.

Turkiyaning sharqida ham oz miqdorda tarqalgani haqida dalillar mavjud.

Tarqalish hududlariga Gretsiya, Vengriya, Italiya, Albaniya, Andorra, Avstriya, Shveysariya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Slovakiya, Chexiya, Lyuksemburg, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya hududlari ham kiradi.

Ukraina hududidagi Zakarpatye, Ivano-Frankivsk, Chernivtsi va Lvov viloyatlarida ham ushbu turni uchratish mumkin[3].

Noyob toʻq sariq rangga ega Olovli salamandra

Voyaga yetgan olovli salamandralar uzunligi 23 sm ga yetadi (baʼzi manbalarga koʻra 30 sm gacha), oʻrtacha tana uzunligi quyruq bilan hisobga olganda 16-19 sm. Qattiq tanasi asosan qora rangda, tartibsiz shakldagi sariq yoki toʻq sariq dogʻlar bilan qoplangan. Dogʻlarning shakli va joylashishi nosimmetrikdir. Salamandraning yorqin, qarama-qarshi rangi (aposematik yaʼni ogohlantiruvchi deb ham ataladi) dushmanlarni oʻljasi zaharli ekanligi haqida ogohlantirishda xizmat qiladi. Qorin qismi odatda qora yoki jigarrang, bir xil rangda, yengilroq dogʻlar boʻlishi mumkin. Oyoq-qoʻllari kalta va kuchli. Old panjalarida toʻrtta, orqa panjalarida esa beshta barmoqlari bor.

Salamandraning boshi katta va yumaloq. Katta boʻrtgan koʻzlari butunlay qora rangda. Urgʻochisini erkakdan kattaroq tana oʻlchami, qisqaroq oyoq-qoʻllari va kamroq boʻrtgan kloakasi bilan ajrata olasiz.

Boshida Alveolyar tuzilishga ega boʻlgan parotid bezlari joylashgan. Ushbu bezlar koʻrinishidan bodom yoki sarimsoqning oʻziga xos hidiga ega boʻlgan, yopishqoq sutga oʻhshash zahar ishlab chiqaradi. Uning asosiy tarkibi steroid alkaloidlari, samandarin, samandaron, siklonosamandaron va boshqalar. Hammasi boʻlib salamandra zahari tarkibida oʻxshash 9 ta alkaloid mavjud[4]. Zahar neyrotoksin vazifasini bajarib, falajlik, aritmiya va konvulsiyaga sabab boʻladi. Bundan tashqari, antibakterial va antifungal taʼsirga ega. Salamandra uchun zahar, yirtqichlar va infeksiyalardan himoya vazifasini bajaradi. Salamandra zahari odamlar uchun xavfli emas, ammo zaharning shilliq qavatlarga tegishi achishish hissini keltirib chiqaradi[5]. Qattiq stress ostida salamandra qisqa masofaga zaharni purkashga qodir.

Olovli salamandraning lichinkalik davri

Olovli salamandralarning koʻpayish jarayoni toʻliq oʻrganilmagan. Bundan tashqari, yashash joyiga va dengiz sathidan balandligiga qarab, ushbu salamandralarning reproduktiv sikllarida sezilarli farqlanadi[3].

Koʻpayish mavsumi odatda erta bahorda boshlanadi. Bu vaqtda erkakning kloaka hududida sperma hosil qiluvchi qavariq bezi sezilarli darajada boʻrtgan boʻladi.

Ushbu tur vakillari 3 yoshida jinsiy yetuklikka erishadilar. Tabiiy muhitda umr koʻrish davomiyligi 14 yilgacha, baʼzi namunalar 50 yilgacha yashagan.

Mudofaa holatidagi olovli salamandra
Video – salamandra harakatda

Olovli salamandra bargli yoki aralash oʻrmonlarni, togʻ oldi va togʻli hududlarni, daryo qirgʻoqlarini afzal koʻradi. Ularni togʻli hududlarda dengiz sathidan 2 km gacha balandliklarda uchratish mumkin. Olovli salamandralar maʼlum bir doimiy yashash joyiga juda kuchli bogʻlanganligi kuzatilgan[3].

Ular asosan tungi hayot tarzini olib boradi. Quyosh nurlaridan qochadi, kunduzi, yiqilgan daraxtlar, toshlar, chirigan toʻnkalar, tashlandiq chuqurchalar va nam joylarda yashirinadi. Uning oyoq-qoʻllari qazish uchun moslashtirilmagan boʻlsa-da, baʼzida salamandra mustaqil ravishda yumshoq tuproqda teshik qaziy oladi[3]. Havoning namligi yuqori boʻlgan yomgʻirli kunlarda (taxminan 90% yoki undan koʻp) faollik koʻrsatishi mumkin, shuning uchun Ukrainaning Karpat aholisi uni baʼzan „yomgʻir kaltakesaki“ deb ham atashadi[6].

Olovli salamandra kam harakatli hayvon boʻlib, yerda tanasi biroz egilgan holda, sekin harakat qiladi[7]. Suzishni yaxshi bilmaydi, shuning uchun faqat naslchilik mavsumida suv havzalariga yaqinlashadi. U turli xil umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi: kapalak g'umbaklari, ikki qanotlilar lichinkalari, oʻrgimchaklar, yomgʻir qurtlari, shuningdek, mayda tritonlar va yosh qurbaqalarni ham isteʼmol qilishi mumkin.

Salamandra butun vujudi bilan toʻsatdan oldinga otilib, oʻz oʻljasini ushlaydi va keyin uni butunlay yutib yuborishga harakat qiladi[7].

Ular odatda oktyabr-noyabr oylaridan martgacha qishlaydilar. Qishni daraxtlarning ildizlari ostida, yerga tushgan barglarning qalin qatlami ostida, koʻpincha yigirmadan bir necha yuztagacha iborat katta guruhlarda, yashiringan holda oʻtkazadilar[3].

Salamandralarning tabiatdagi tabiiy dushmanlariga ilonlar (oddiy va suv ilonlari), yirtqich baliqlar, qushlar va yovvoyi choʻchqalar kiradi.

Kichik turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
S. s. gallaika kichik turi
  • Salamandra salamandra salamandra Linneaus, 1758 
  • Salamandra salamandra alfredschmidti
  • Salamandra salamandra almanzoris Müller and Hellmich, 1935
  • Salamandra salamandra bejarae Mertens and Müller, 1940
  • Salamandra salamandra bernardezi Gasser, 1978 
  • Salamandra salamandra beschkovi Obst, 1981

  • Salamandra salamandra crespoi Malkmus, 1983
  • Salamandra salamandra fastuosa (bonalli) Eiselt, 1958
  • Salamandra salamandra galliaca Nikolskii, 1918
  • Salamandra salamandra gigliolii Eiselt and Lanza, 1956
  • Salamandra salamandra hispanica Mertens and Muller, 1940
  • Salamandra salamandra infraimmaculata
  • Salamandra salamandra longirostris Joger and Steinfartz, 1994
  • Salamandra salamandra morenica Joger and Steinfartz, 1994
  • Salamandra salamandra semenovi
  • Salamandra salamandra terrestris Eiselt, 1958 

Olovli salamandra Ukraina Qizil kitobiga kiritilgan[8]. Yevropada bu tur 1979-yilda tuzilgan (III-ilova – „Himoya qilinishi kerak boʻlgan hayvonlar turlari“ sanab oʻtilgan) „Yevropa yovvoyi fauna turlarini va ularning yashash joylarini saqlash toʻgʻrisidagi“ Bern konventsiyasi bilan himoyalangan.

Ommaviy madaniyatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2003-yilda Ukraina Milliy banki Ukrainada topilgan salamandraning yagona turi – olovli salamandraga bagʻishlangan „Salamandra“ esdalik tangasini muomalaga chiqardi. Tanga oltindan qilingan va nominal qiymati ikki grivnaga teng[9][10].
  • „Salamandra“ – 2018-yil 14-dekabrda chiqarilgan mashhur rus xalq qoʻshiqchisi Helavisa (Natalya OʻShay)ning „Lusiferaz (Deluxe)“ albomidan bonus trek.
  • „Salamandralar bilan urush“ (chex. Válka s mloky) – 1936-yilda yozilgan Karel Chapekning chex tilidagi ilmiy-fantastik satirik distopiya romani.
  1. 1,0 1,1 Jizn jivotnix. Tom 5. Zemnovodnie. Presmikayuщiesya / pod red. A. G. Bannikova, gl. red. V. Ye. Sokolov. – 2-e izd. – M.: Prosveщenie, 1985. – S. 39. – 399 s.
  2. Kuzmin S. L. Zemnovodnie bivshego SSSR. – M.: Tovariщestvo nauchnix izdaniy KMK, 2012. – 2-e izd. – S. 65. – 370 s. – ISBN 978-5-87317-871-1
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Писанец Е. М.. Амфибии Украины (справочник-определитель земноводных Украины и сопредельных территорий). Киев: Зоологический музей ННПМ НАН Украины, 2007 — 58-66-bet. ISBN 966-02-4176-3. 
  4. [bufodo.apus.ru/paper7.html „Yadovitie amfibii Chast 3. Tansuyuщaya v ogne“] na sayte [bufodo.apus.ru/ Bufo-do Put jabi]
  5. Б.Н. Орлов, Д.Б. Гелашвили, А.К. Ибрагимов.. Ядовитые животные и растения СССР: Справочное пособие для студентов вузов по спец. «Биология». Москва: Высшая школа, 1990. ISBN 5-06-001027-9. 
  6. . 
  7. 7,0 7,1 Амфибии и рептилии леса. 
  8. „Список названий животных, занесённых в Красную книгу Украины“. 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  9. „НБУ вводит в обращение памятную монету «Саламандра» номиналом 2 гривни“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-dekabr.
  10. „Описание и фото памятной монеты на сайте Национального банка Украины“. 2007-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 14-dekabr.